Bugun
Eron Ho'rmuz bo'g'ozi orqali AQSH va Isroil kemalariga ruxsat bermayapti
+20°
облачно с прояснениями ветер 2.4 м/с, В

Endi deport qilingan fuqarolar 2 yil davomida xorijga chiqa olmaydi

Oʻzbekiston
22
Endi deport qilingan fuqarolar 2 yil davomida xorijga chiqa olmaydi
Endilikda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi.

Bu borada Hukumatning «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 313-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.

Yagona ma’lumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan ma’lumotlar.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi.

Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ma’lumot uchun, readmissiya qilingan shaxslar — O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar asosida, o‘z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar hisoblanadi. Ya’ni, agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonidan qabul qilinadi — bu jarayon readmissiya deb ataladi.

O‘xshash yangiliklar

Oila kodeksiga ajrashish muddatini bir yilgacha uzaytirish taklifi kiritildi
Oila kodeksiga ajrashish muddatini bir yilgacha uzaytirish taklifi kiritildi
O'zbekistonda Oila kodeksiga ajrashish jarayonini yakunlashdan oldin er-xotinlarga yarashish uchun ko'proq vaqt ajratish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda
Oʻzbekiston Bugun, 13:40
Yaqin kelajakda O'zbekistonda ob-havo sharoiti keskin o'zgaradi
Yaqin kelajakda O'zbekistonda ob-havo sharoiti keskin o'zgaradi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlarida O‘zbekistonning bir qator hududlarida ob-havo sharoitida o‘zgarishlar yuz beradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba’zi
Oʻzbekiston Bugun, 12:19
O'zbekistonda 27 mart ob-havosi: harorat va shamol o'zgaradi
O'zbekistonda 27 mart ob-havosi: harorat va shamol o'zgaradi
O'zbekiston gidromet xizmati 27 mart kuni mamlakat hududida kutilayotgan ob-havo sharoitlari haqida xabar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kun davomida hamma joyda havoning
Oʻzbekiston Kecha, 23:01
O'zbekistonda nikohdan bir yil ichida ajralishni cheklash taklif etildi
O'zbekistonda nikohdan bir yil ichida ajralishni cheklash taklif etildi
O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va yoshlar orasidagi ajralishlarning oldini olish maqsadida muhim qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oila
Oʻzbekiston Kecha, 22:25
Mirziyoyev va Rahmon strategik sheriklik bosqichiga qadimiy do'stlikni yangiladi
Mirziyoyev va Rahmon strategik sheriklik bosqichiga qadimiy do'stlikni yangiladi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi rahbari Emomali Rahmonning davlat tashrifi hamda ikki xalq o'rtasidagi uzoq yillik do'stlik an'analarini yanada
Oʻzbekiston Kecha, 19:24
Markaziy bank P2P bo'yicha xatolikni tuzatdi
Markaziy bank P2P bo'yicha xatolikni tuzatdi
25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bankning P2P o‘tkazmalarda maqsadni ko‘rsatish talabi bekor qilingani haqida turli xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu holat jamoatchilik
Oʻzbekiston Kecha, 16:40