Bugun
Burak O‘zchivit 20 yildan beri sochini o‘zi qirqadi
+20°
пасмурно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?

Oʻzbekiston
90

Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?
SSV matbuot xizmati ushbu savolga Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Shahobiddin Gulyamovdan javob oldi.

— Xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi yagona Nizom talablari asosida amalga oshiriladi, — deydi Sh.Gulyamov.

— Ushbu litsenziya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan faqat yuridik shaxslar uchun beriladi.

Buning uchun yuridik shaxs o‘z elektron raqamli imzosi (ERI) yordamida «Litsenziya» axborot tizimi (license.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza yuboradi.

Ariza 30 kun muddatda ko‘rib chiqilib, uning uchun to‘lanadigan yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini tashkil etadi. Shuningdek, litsenziya berilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.

Tibbiy faoliyatga litsenziya olish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • vrach mutaxassis — oliy tibbiy ma’lumotga, xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha amaldagi malaka toifasiga hamda so‘nggi besh yil ichida malaka oshirgani to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lishi (tibbiy ma’lumoti bo‘lmagan mutaxassislar uchun Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalq tabobati bo‘yicha o‘quv kursini tugatgani bo‘yicha berilgan guvohnoma) ega bo‘lishi;
  • tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya talab etilsa);
  • mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar;
  • mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan metrologik va texnika xavfsizligi me’yorlariga mos uskunalar hamda boshqa texnika vositalari.


Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham xalq tabobati bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritishi mumkin.

Buning uchun ular Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazida tegishli o‘quv kursini tamomlab, maxsus guvohnoma olishi hamda yuridik shaxs tashkil etib, xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya olishi talab etiladi.

Shuningdek, litsenziya olmoqchi bo‘lgan yuridik shaxsda mavjud bo‘lishi talab etiladigan tibbiy asbob-uskunalar ro‘yxati Adliya vazirligida 2017 yil 28 iyulda 2905-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan talablarning 54 prim-1 va prim-2-bandlari bilan belgilangan.

Ushbu faoliyatga litsenziya olishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklarining hududiy boshqarmalari bilan kelishish talab etiladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar 131 ta yuridik shaxs Sog‘liqni saqlash vazirligidan xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya olgan.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 25 fevral
Bugungi reyslar jadvali — 25 fevral
Bugungi kunning reyslari doirasida jami 35 ta parvoz amalga oshiriladi. Eng erta jo‘nash vaqti soat 06:40 da belgilangan bo‘lsa, kechki soat 23:05 da oxirgi samolyot uchadi, deb xabar berdi
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 25-fevral uchun bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 20:22
Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kutilmagan, ammo yoqimli bir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan 4-sinf
Oʻzbekiston Kecha, 19:52
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa
Oʻzbekiston Kecha, 19:18
“Ko‘mak” dasturi: chekka hududlarda yangi imkoniyatlar
“Ko‘mak” dasturi: chekka hududlarda yangi imkoniyatlar
Bugungi kunda “Ko‘mak” dasturi orqali chekka va olis hududlarda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida 130 million
Oʻzbekiston Kecha, 18:34
Yoshlar uchun kredit, stajirovka va biznes markazlar!
Yoshlar uchun kredit, stajirovka va biznes markazlar!
Joriy yildan boshlab yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 yil
Oʻzbekiston Kecha, 18:30