Bugun
Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
+14°
пасмурно ветер 2 м/с, В

G‘arbdan keladigan sovuq antisiklon yurtimizga salqinlikni olib keladi

Oʻzbekiston
23
G‘arbdan keladigan sovuq antisiklon yurtimizga salqinlikni olib keladi
Iqlimshunoslar tahliliga ko‘ra, 25 maydan 2 iyunga qadar mamlakatimizning ko‘plab hududlarida havo harorati me’yorga nisbatan past bo‘ladi. G‘arbdan kirib kelayotgan sovuq antisiklon Tibet tog‘larida issiq oqim turib qolishi tufayli hududimizda bir muddat “qamalib” qoladi. Mazkur holat bizga bir haftalik salqinlikni ta’minlaydi, qishloq xo‘jaligi ekinlari, nabotot va jonzotlar jaziramadan keyin “o‘ziga kelib olishi” mumkin bo‘ladi, deydi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

— O‘tgan hafta o‘rtalarida bahor jaziramasi qishloq xo‘jalik mahsulotlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi? Sizningcha, joriy hafta o‘rtalaridagi yuqori issiqlik to‘lqinlari ham o‘tgan haftadagi kabimi?

— Yo‘q, hozir biz ayni may oyi uchun xos issiqlik to‘lqini qarshisidamiz. Uning tafti o‘tgan haftadagi kabi hafsalani pir qiluvchi issiq bo‘lmaydi. Tungi va tonggi salqinliklar ham o‘tgan haftadagi issiqlik va hozirgisi o‘rtasidagi farqni bizga yaqqol ko‘rsatadi. Darhaqiqat, o‘tgan hafta O‘zbekistonga termik depressiyaning kirib kelishi «O‘zgidromet»ning deyarli barcha stansiyalarida shu kun uchun xos issiqlik rekordlarini taqdim etdi. Oldinroq, prognoz qilganimizdek, joriy termik depressiya jarayoni Qizilqum cho‘llarida +45 darajali issiqlikni ulashdi. Navoiyning «Buzaubay» kuzatuv punktida havo harorati maksimumi anomal issiqlik davrida +44,5 daraja, «Tomdi» kuzatuv punktida esa qariyb +44 darajaga yetdi.

Shu bilan birga 16 may kuni poytaxt tayanch meteorologik stansiyasi «Toshkent-Observatoriya»sida ham kun qizigan paytda harorat +39,5 darajaga yetdi. Bu shu kun uchun 170 yillikdagi eng issiq harorat bo‘lib, Toshkentda kuzatuvlar boshlangan 1868 yildan buyon may oyida kuzatilgan eng issiq ikkinchi qiymatdir. 1902 yil may so‘ngida poytaxtda termometr ustunchalari +39,9 darajaga yetgan va o‘sha qiymat hozirgacha may oylari uchun eng yuqori qiymat bo‘lib turibdi. O‘tgan hafta issiqligi qishloq xo‘jaligi unuviga biroz ta’sir etdi. O‘simlik fiziologiyasiga stress ulashdi. Issiqlik ortidan kuzatilgan quruq shamol esa o‘simliklar tanasidagi namlikni «so‘rib» oldi.

— Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib keladi deyapsiz, uning bizning qishloq xo‘jaligiga qanday ta’siri bor, umuman iyun oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

— Aprel so‘nggi kunlaridan mayning so‘nggi kunlariga qadar bizning qishloq xo‘jaligi maydonlari juda ham yuqori harorat foni qarshisida bo‘ldi. Nafaqat yuqori harorat, balki shu bir oylikda hududlarda favqulodda yog‘in taqchilligi ham kuzatildi. Endi esa mayning so‘nggi kunlari va iyun boshlarida respublika aholisi sezilarli salqin ob-havo muhitini o‘z tanalarida his qiladilar. Iyun oyi boshlari salqin bo‘lishi baribir butun oy haroratining me’yor va me’yordan biroz yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Afsuski, iyunda ham yog‘ingarchilik bilan bog‘liq vaziyat ijobiy emas. Bu tog‘larda kuchli seziladi. Kelayotgan oy respublikaning shimoliy hudud aholisi o‘tgan yillarga qaraganda sezilarli salqin iyun oyini his etadilar. Bu vodiy va janubiy viloyatlar uchun tegishli emas. Oyning ikkinchi yarmidan mintaqaga navbatdagi anomal issiqlik to‘lqinlari kirib kelish ehtimoli yuqori.

Suhbatni Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov olib bordi.

O‘xshash yangiliklar

Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
Prezident yig‘ilishida 4-sinf o‘quvchisiga avtomobil sovg‘a qilindi
24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kutilmagan, ammo yoqimli bir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan 4-sinf
Oʻzbekiston Bugun, 19:52
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral: O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi
25-fevral kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa
Oʻzbekiston Bugun, 19:18
“Ko‘mak” dasturi: chekka hududlarda yangi imkoniyatlar
“Ko‘mak” dasturi: chekka hududlarda yangi imkoniyatlar
Bugungi kunda “Ko‘mak” dasturi orqali chekka va olis hududlarda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida 130 million
Oʻzbekiston Bugun, 18:34
Yoshlar uchun kredit, stajirovka va biznes markazlar!
Yoshlar uchun kredit, stajirovka va biznes markazlar!
Joriy yildan boshlab yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 yil
Oʻzbekiston Bugun, 18:30
Urganch–Xiva yo‘nalishida ilk pulli yo‘l quriladi
Urganch–Xiva yo‘nalishida ilk pulli yo‘l quriladi
O‘zbekistonda ilk pulli avtomobil yo‘li qurilishi Xorazm viloyatida, Urganch–Xiva yo‘nalishida boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. «O‘zbekiston 24» telekanalining xabariga ko‘ra, ushbu loyiha
Oʻzbekiston Bugun, 16:20
“Ikkinchi imkon” loyihasi yoshlar uchun umid beradi
“Ikkinchi imkon” loyihasi yoshlar uchun umid beradi
Yig‘ilishda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab chiqqan yoshlarning jamiyatga qayta moslashuvi masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu masala dolzarb
Oʻzbekiston Bugun, 15:48