Bugun
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
+10°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ

Hammasi barbod bo‘lgan paytda Shomurodov paydo bo‘ldi!

Sport
100

Hammasi barbod bo‘lgan paytda Shomurodov paydo bo‘ldi!
Yevropa ligasida nimchorak finalga yetib kelgan jamoalar ushbu bosqichdagi dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazdi. Eng qiziqarli uchrashuvlardan biri Rim shahridagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Ikki kuchli raqib – “Roma” va “Atletik Bilbao” to‘qnashuvida kurash oxirigacha davom etdi va o‘yin taqdirini so‘nggi soniyalarda Eldor Shomurodov hal qildi. Klaudio Raneri shogirdlari birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, kambekni amalga oshirdi.

Avvaliga Anjelino vaziyatni tenglashtirgan bo‘lsa, 71-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov aniq zarba bilan mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yubordi – 2:1.

Ushbu uchrashuv tahlili hali hamon davom etmoqda. Italiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar va ekspertlar o‘zbek futbolchisi o‘yiniga o‘z munosabatlarini bildirmoqda.

Gazzetta dello Sport:
- Eldor Shomurodovga o‘yin taqdirini hal qilish va musobaqada iz qoldirish uchun yigirma daqiqadan sal ko‘proq vaqt kifoya qildi. U so‘nggi soniyalarda gol urib, “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yin taqdirini hal qildi. Bu gol oltinga teng. Maydonga tushganidan 35 soniya o‘tib, ogohlantirilgan Eldor kurashni davom ettirdi, oldinga tashlandi va maqsadiga yetdi.

Tuttosport:
- Eldor Shomurodov – uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi. Dastlab u raqib himoyachisi Yeray Alvaresning maydondan chetlatilishiga sababchi bo‘ldi. Keyin 90+4-daqiqada “Roma”ga muhim g‘alaba keltirgan to‘pni kiritdi.

Corriere dello Sport:
- O‘zbekistonlik monstr raqibga yana zarba berdi. U uchrashuvning so‘nggi soniyalaridagi g‘alaba goli bilan “Olimpiko”ni portaltib yubordi. U 2025 yilning asosiy qahramoni sifatida katta sahnaga chiqdi. U nafaqat gol urishda, balki jamoasiga himoyalanishda ham yordam beryapti. Hozirgi “Shoma” avvalgi yillar qayerda eding?

Tuttomercatoweb:
- Shomurodov zahiradan shiddat bilan maydonga tushdi va buning ortidan darrov sariq kartochka ishlab oldi. U o‘zini ko‘rsatishga va gol urish ishtiyoqida bor kuchini berib, to‘p tepdi. Hammasi barbod bo‘layotgan pallada Eldor o‘zini ko‘rsatdi va “Roma”ga o‘ta muhim g‘alabani keltirdi. U darvozaga zarba bergan pallada to‘p qayerga kelib tushishini aniq belgilay oldi.

Vocegiallorossa:
- Eldor maydonga tushganidan keyin uzoq vaqt payt poylab yurdi va qulay vaziyat yuzaga kelishi bilan hujumga tashlandi. Aleksis Salemakersning uzatmasidan keyin to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab, darvoza to‘riga joyladi. “Olimpiko”dagi 60 mingdan ziyod muxlis bu goldan oyoqqa qalqdi.

Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, o‘z gollari sonini beshtaga yetkazib oldi. Shuningdek, 29 yoshli legionerimiz jamoadoshlariga uchta golli pas ham uzatgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23