Bugun
Umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi
+12°
пасмурно ветер 1.1 м/с, СЗ

Ulug‘bek Bakayev: "Durang adolatli natija bo‘lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o‘ynalmaydi"

Sport
101
Ulug‘bek Bakayev: "Durang adolatli natija bo‘lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o‘ynalmaydi"
Superliga-2025 dastlabki uchrashuvi OKMK - "Buxoro" (2:1) bahsidan so‘ng buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barcha futbol ixlosmandlarini Superliga starti bilan tabriklayman va barchaga omad tilayman. Biz bugun kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. OKMKni Mirjalol Qo‘shoqovich ko‘p vaqtdan buyon boshqarib kelmoqda. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Jamoa munosib o‘yin namoyish etdi. Ishtiyoq va kurashuvchanlik bo‘yicha e’tirozlar yo‘q. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘yinga qo‘shilib keta olmagandek. O‘yin so‘nggida o‘tkazib yuborgan golimiz esa juda alamli bo‘ldi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Raqibimizni g‘alaba bilan tabriklayman" - dedi Ulug‘bek Bakayev bugungi uchrashuv haqida.

- "Buxoro" jamoasi bugun ancha kurashuvchan va yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bugungi uchrashuvning natijasi qanchalik adolatli bo‘ldi deb o‘ylaysiz? "Buxoro" bugun mag‘lub bo‘lishga loyiqmidi?

- Fikrimcha, OKMK g‘alabaga loyiq o‘yin namoyish etmadi. Durang adolatli natija bo‘lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o‘ynalmaydi, qo‘shib berilgan daqiqalarda ham o‘yin davom etadi. Jamoam yomon o‘ynamadi, gol urishimiz va o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Biz durangga munosib edik, biroq so‘nggi 3-4 daqiqani unutib qo‘ydik va shu sababli mag‘lub bo‘ldik. Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Birinchi tur bahsi har doim qiyin kechadi, buyog‘iga chempionat taqvimiga kirishib olishimiz kerak.

- Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Asilbek Qayumovning o‘yiniga qanday baho berasiz? Qayumov deyarli har bir vaziyatda to‘pni yo‘qotdi...

- Hozirgina shu haqda aytib o‘tgandim, faqatgina futbolchining ism-sharifini aytmagan holda. O‘zingiz buni sezibsiz. U to‘pni qabul qilib olgan barcha vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdi. Bunga nima sabab bo‘ldi, bilmayman, balki o‘yinga kirishib keta olmagandir yoki maydonga tushishdan oldin yetarlicha qizib olmagandir. Bu haqda bir nima deyish qiyin. U yaxshi o‘yin o‘tkaza olmadi va ushbu muammoni hal etish haqida bosh qotirish kerak. Fikringizga qo‘shilaman.

- Jamoangiz tezkor gol o‘tkazib yubordi. Nima deb o‘ylaysiz, o‘tkazib yuborilgan tezkor gol jamoangizning o‘yinga tayyorlagan rejasini qanchalik o‘zgartirib yubordi?

- Jamoam Superliga bahslariga tayyor deb o‘ylayman. Ruhiy va jismoniy holatimiz ancha yaxshi. Tarkibimiz ham o‘rtachadan baland degan bo‘lardim. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng tezda hisobni tenglashtira oldik. Bir nima deyish qiyin. O‘ylaymanki, o‘yin durangga qarab ketayotgan edi. To‘g‘risi, mening fikrimcha o‘sha vaziyatda fol bor edi. Har bir jamoaning o‘z fikri bor, albatta. OKMK bu vaziyatda fol yo‘q deydi, biz esa aksincha. Hakamlar ishini baholaydigan organlar ushbu vaziyatni ko‘rib chiqishadi va yakuniy qaror chiqarishadi.

- "Buxoro"ning joriy mavsumdagi maqsadlari qanday? Yig‘ilgan tarkibdan qanchalik qoniqyapsiz?

- Ancha yaxshi jamoani yig‘a oldik. Biz "to‘rt" baholi tarkib yig‘dik. OKMK ham ancha jiddiy raqib edi. Ular har mavsumda medallar uchun kurashadi. Chempionat ancha qiziqarli va kurashlarga boy kechadi deb o‘ylayman. So‘nggi daqiqadagi gollar va bunday o‘yinlar soni ko‘p bo‘ladi deya taxmin qilishim mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23