Bugun
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
+10°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Abduqodir Husanov va O‘zbekiston o‘yini Angliyada qanday baholandi?

Sport
149
Abduqodir Husanov va O‘zbekiston o‘yini Angliyada qanday baholandi?
“Manchester Siti” FIFA kunlari munosabati bilan bir guruh o‘yinchilarini xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish uchun terma jamoalarga yuborgan.

Ular orasida Abduqodir Husanov ham bor. Klub rasmiy sayti “shaharlik” futbolchilarning xalqaro maydondagi o‘yinlariga munosabat bildirdi.

- Erling Xoland, Abduqodir Husanov va Umar Marmush o‘z terma jamoalari tarkibida jahon chempionatiga chiqish orzusini saralash turniri doirasidagi uchrashuvlarda ijobiy natijalar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Biroq klub a’zosi Savino o‘ynayotgan Braziliya milliy terma jamoasi ashaddiy raqib Argentinaga qarshi keskin va murosasiz bellashuvda 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Erling Xoland yetakchiligidagi Norvegiya milliy terma jamoasi 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun yurishni endigina boshladi va qatorasiga ikkita g‘alabadan keyin o‘z guruhida peshqadamga aylandi. Bu gal norvegiyaliklar Isroil bilan neytral maydon – Vengriyada kuch sinashib, 4:2 hisobida zafar quchdi. Xoland to‘rtinchi golni urdi.

Yana bir muhim uchrashuv Eronda bo‘ldi. Abduqodir Husanov o‘ynayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda 2:2 hisobida durang qayd etdi va bu natija eronliklarni 2026 yilgi jahon chempionatiga olib chiqdi.

Agar O‘zbekiston g‘alabani ushlab qola olganida o‘z tarixida birinchi marta jahon chempionatiga yo‘l olardi. Shunga qaramay, o‘zbeklar hali hamon Shimoliy Amerika qabul qiladigan eng nufuzli musobaqaga chiqish uchun juda kuchli pozitsiyani egallab turibdi.

Abduqodir Husanovning o‘zi odatdagidek uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, o‘zbeklar Hojimat Erkinov va Abbosbek Fayzullayevning gollari evaziga ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, raqib hujumchisi Mehdi Taremining ikkita goli bilan Eronga kerakli bir ochkoni olib berdi.

O‘zbekiston navbatdagi uchrashuvlarini iyun oyida o‘tkazadi. Bo‘lajak bahsda Abduqodir Husanov jamoasi Birlashgan Arab Amirliklaridan bir ochko olsa yoki Qatarga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, o‘z tarixida ilk bor jahon kubogida ishtirok etadi.

“Siti” hujumchisi Umar Marmush o‘z tarkibiga jalb qilgan Misr jamoasi ham jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qildi. Misrliklar bu gal Serra-Leoneni kichik hisobda yengib, olti o‘yindan beshinchisini g‘alaba bilan yakunladi. Ular hisobida bitta durang ham bor.

Umar Marmush 90 daqiqadan keyin to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtda zahiraga olindi. Misr saralash turnirida yana to‘rtta o‘yin o‘tkazadi.

Nihoyat, Savino Braziliyaning Argentinaga qarshi saralash uchrashuvida 69-daqiqada maydonga tushdi. Bungacha mezbonlar uchrashuv taqdirini hal qilib bo‘lgandi. “Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Xulian Alvares, Enso Fernandes, Aleksis Mak Allister va Xuliano Simeone kiritgan gollar argentinaliklarga 4:1 hisobida g‘alaba keltirdi. Braziliyaning yagona javob to‘pini Matteus Kunya kiritdi, - deb hisobot tayyorladi mancity.com sayti eksperti Jonatan Smit.

Endi terma jamoalarga jalb etilgan barcha o‘yinchilar “Manchester Siti” ixtiyoriga qaytib keladi va bo‘lajak bellashuvlarga tayyorgarlikni boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23