Bugun
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
+10°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Qatar taslim qilingan o‘yindan so‘ng bosh murabbiy va jamoa sardori nimalar dedi?

Sport
122
Qatar taslim qilingan o‘yindan so‘ng bosh murabbiy va jamoa sardori nimalar dedi?
Kecha “JCH-2026” uchinchi saralash bosqichi doirasida juda muhim o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Milliy terma jamoamiz Tehronda Eron bilan 2:2 hisobida jangovar durang o‘ynagan bo‘lsa, Bishkekda Qirg‘iziston Qatarni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, barchani yoqimli ma’noda ajablantira oldi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Qirg‘iziston terma jamoasi ustozi Maksim Lisitsin va jamoa sardori Valeriy Kichin ishtirok etib, quyidagilarni aytdilar:

Maksim Lisitsin:
"Yigitlarning hammasiga katta rahmat. Kecha matbuot anjumanida biz butun jamoa bo‘lib katta ishni amalga oshirganimiz haqida gapirgandim. Bugun esa hammasi rejamiz asosida kechdi. Ha, standart vaziyatlarda, ayniqsa burchak to‘pi o‘yinga kiritilayotgan mahallarda unchalik yaxshi ishlay olmadik. Lekin shunday bo‘lsa ham uchrashuv uchun tuzgan rejamizdan chekinmadik. Raqibda chetlatish bo‘lganidan so‘ng o‘yinni g‘alabaga yetkazdik. O‘ylaymanki, raqibning kuchi haqida ortiqcha gapirish shart emas. Lekin bizning yigitlar ulardan yaxshiroq o‘ynashdi.

G‘alaba yana bir bor jamoaga ishonish kerakligini tasdiqladi. Ha, mazkur bosqichda bir qator uchrashuvlarda kerakli natijalarga erisha olmadik. Lekin shuning barobarida raqiblarimizning qanday kuchga ega ekanligini tushunib turardik va shunga qaramasdan qo‘llarimizni tushirmagan holda oldinga intilishda davom etdik. Bugungi uchrashuvda muxlislarga quvonch bag‘ishlagan yigitlarning hammasiga rahmat aytmoqchiman. O‘z navbatida bizni qo‘llab-quvvatlagan ishqibozlarimizga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shu bois o‘yindagi natija men uchun unchalik ajablanarli tuyulmadi. To‘g‘ri, raqib safida chetlatish bo‘lgani ishimizni ancha yengillashtirdi. O‘sha chetlatish bizga qo‘l keldi va raqibga bosim o‘tkazgan holda o‘zimiz yuzaga keltirgan imkoniyatdan unumli foydalana oldik".

Valeriy Kichin:
"Bugungi g‘alabaga daxldor bo‘lgan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Biz oson bo‘lmagan ishni amalga oshirdik. Birinchi uchrashuvdan keyin boshimizni tushirmadik va Osiyo chempioniga qarshi uchrashuvni munosib o‘tkazdik. Raqibimiz esa Osiyoning ikki karra chempioni edi. Biz yaxshiroq bo‘ldik. Biroq, albatta, hammasi oson kechgani yo‘q. Uchrashuvga juda yaxshi hozirlik ko‘rganimizni o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tgandim. Ko‘rib turganingizdek, biz o‘yinga 100 emas, balki 200 foiz tayyor ekanmiz. Shuning uchun hammaga rahmat.

O‘yindan-o‘yinga o‘tgan holda ancha yaxshiroq to‘p suryapmiz, tajribamizni oshirmoqdamiz. Eng asosiysi, futbolchilar o‘tkazilgan uchrashuvlardan kerakli xulosalarni chiqarib, ularni tahlil qilishmoqda. Bu g‘alaba bo‘ladimi yoki mag‘lubiyatmi, farqi yo‘q. Biz muhimi, o‘z o‘yinimizni yaxshilayapmiz. Hozirgi bosqich tarkibimizdagi yosh o‘yinchilarni nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Bunday bellashuvlar o‘z navbatida ularga yanada o‘sishda yordam beradi, bu aniq".

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23