Bugun
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
+10°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Bosh murabbiyning fikri o‘zbek va qozoq muxlislarini jumbushga keltirdi!

Sport
120
Bosh murabbiyning fikri o‘zbek va qozoq muxlislarini jumbushga keltirdi!
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi. Futbolchilarimizning ikkita uchrashuv oldidan mundialga chiqish imkoniyatida juda yuqori baholanmoqda.

Qozog‘iston terma jamoasi esa, Shimoliy Amerika sari yurishini endi boshladi. Qo‘shnilarimiz dastlabki ikki uchrashuvni safarda o‘tkazib, Uelsga 1:3 hisobida yutqazdi va Lixtenshteynni 2:0 hisobida yengdi.

G‘alabali o‘yindan keyin Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Ali Aliyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbolchilarining muvaffaqiyatlarini baholay turib, agar Qozog‘iston Osiyoda o‘ynaganida jahon chempionatiga osonlikcha chiqishi mumkinligini aytdi.

Aliyevning bu fikri o‘zbek va qozoq fanatlarining jumbushga kelishiga sabab bo‘ldi. Qozog‘iston futbolini yoritayotgan sports.kz sayti muxlislarning bosh murabbiy fikriga ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan munosabatlarini keltirdi. Ular bilan tanishing:

“Janubiy Koreya, Qatar, Yaponiya, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bizdan ustun”.

“Bizga qanaqa ertaklar aytyapsan, Aliyev?”.

“Qozog‘iston Yevropaga o‘tmasligi va Osiyoda qolishi kerak edi”.

“Biz qorovul va taksichilardan tarkib topgan Lixtenshteynni zo‘rg‘a yutgan bo‘lsak, bu Osiyodan jahon chempionatiga aniq chiqamiz, degani emas. Biz Antarktidadan ham jahon chempionatiga chiqa olmasligimiz mumkin. Chunki pingvinlarga ham yutqazamiz. Ularda to‘rtta legioner o‘ynaydi, deymiz”.

“Fizruk, jahon reytingiga bir qarasangchi!”.

“Shimoliy Koreya – Qozog‘iston 2:0”.

“Bu savolga o‘zbek birodarlar javob bersin”.

“O‘zbekiston bizning terma jamoadan bir bosh ustun!”.

“Tarix agar Messi qozoq bo‘lganda, degan gapga borib taqaladi”.

“Agar biz Okeaniya mintaqasida o‘ynaganimizda aniq jahon chempionatiga chiqardik”.

“Qadrdonim, Osiyo futboli cho‘qqiga chiqqaniga ancha bo‘ldi!”.

“Nimalar deyapsan? Biz Lixtenshteynni bazo‘r yutdik-ku”.

“Qirg‘izlar mayli-ku, o‘zbeklar Yevropada ham o‘z darajasini ko‘rsatyapti”.

“Osiyoda Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, O‘zbekiston, Qatar bor. Hozir Qirg‘izistonda ham futbol tez rivojlanyapti. Qozog‘istonda futbol yo‘q. Qirg‘iziston ham oson yutib qo‘yadi”.

“O‘zbekiston o‘zaro oxirgi uchrashuvda Qozog‘istonga kim zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ygan”.

“O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqsa, qozog‘istonlik ayrim mutaxassislar buni tasodif, deydi. Agar O‘zbekiston jahon chempionatida shov-shuv ko‘tarsa, buni o‘sha mutaxassislar bir omadi keldi, deydi. Keyin yana jahon chempionatiga borsa, ba’zan shunaqasi ham bo‘ladi, deyishadi. Gap sotgandan ko‘ra, futboldagi ishlaringni qilinglar, yaxshiroq ishlanglar”.

“U kallasi bilan urishib qolganmi? Bir Satpayev Husanovdan bir bosh ustun, degandi. Endi Osiyodan jahon chempionatiga osonlikcha chiqardik, deydi. Lixtenshteynni yutganidan keyingi eyforiyami bu? Sen avval O‘zbekistonning saralash guruhida oxirgi o‘rindagi KXDRni yeng, keyin ovozingni baralla qo‘yib gapir!”

“O‘zini xuddi Niderlandiya yoki Portugaliyani yutgandek his qilyapti”.

“Sal bosiqroq bo‘l, terma jamoamiz Shimoliy Koreyadan 0:2 hisobida yengilgan, Shimoliy Koreya o‘z guruhida hamma raqiblariga yutqazdi. Mana shunga qarab, darajani bil!”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro yetti marta to‘qnash kelgan. Ikki qo‘shni mamlakat futbolchilarining birinchi uchrashuvida qozog‘istonliklar qo‘li baland kelgan. Qolgan oltita uchrashuvda o‘zbekistonliklar uchtadan g‘alaba va durang qayd etgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23