Bugun
Girona Manchester Sitidan ikki yosh futbolchini ijaraga olmoqchi
+24°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday oʻtkazdi?

Sport
133
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday oʻtkazdi?
Abduqodir Husanov APL 25-turida «Manchester Siti» tarkibida ilk bor toʻliq oʻyin davomida harakat qilib, yoqimli seriyasini davom ettirdi – Gvardiola oʻzbek himoyachisini maydonga tushirgan oʻyinlarda gʻalaba qozonmoqda. Pep «Nyukasl» ustidan yirik gʻalabadan keyin Abduqodirni e'tirof etdi. Oldinda esa ikkita muhim toʻqnashuvlar – Madridda «Real»ga qarshi javob oʻyini va «Liverpul» bilan oʻyin kutib turibdi.

Foto: Getty images
Akanjining oʻrni toʻldirildi

«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi pley-off oʻtish bahsi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Real»ga qarshi omadsizlikka uchragach, «Nyukasl» bilan bahsda aynan himoyada rotatsiyaga qoʻl urishi kutilgandi. Shunday ham boʻldi – Diash va Ake himoya tandemi oʻrniga Husanov – Stounz juftligi tanlandi. Pep uzoq muddatga safdan chiqqan Manuel Akanji oʻrniga Abduqodirga ishonch bildirgach, 20 yoshli himoyachi APLning eng jangovar jamoalaridan biri sanalmish «Nyukasl»ga qarshi munosib oʻyin koʻrsata oldi. Omar Marmushning het-triki evaziga erishilgan yirik gʻalabada «Siti» himoya qoʻrgʻonining APL toʻpurarlaridan biri Aleksandr Isakni toʻxtatib qolish uddasidan chiqqani ham e'tirofga loyiq. Har holda «Siti» himoyasi Husanov maydonda boʻlmagan soʻnggi 3ta oʻyinda (Arsenal – 1:5, Leyton – 2:1, Real – 2:3) jami 9ta gol oʻtkazib yuborgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Isakning «Liverpul» bilan oʻyinda (3:3) gol urgani va Van Deykga qarshi toʻqnashuvda 8,1 ball, «Arsenal»ga qarshi oʻyinda (0:2) ham oʻz hisobiga gol yozib, Saliba bilan toʻqnashuvda 8,7 bahoga munosib koʻrilib, Husanovga qarshi oʻyinda esa ancha past – 6,2 bahoga loyiq koʻrilgani turli memlarga sabab boʻlmoqda.

Yana bir e'tiborli statistika – Abduqodir «Nyukasl»ga qarshi bahsda maydondagi oʻyinchilar orasida eng koʻp oldinga uzatma bergan oʻyinchiga aylangan.

Husanov – «Siti»ning gʻalaba sari ilk qadami

Ha, oʻzbekistonlik 20 yoshli himoyachi sekin-asta «Manchester Siti»ning gʻalaba tumoriga aylanmoqda. Buni statistika ham aytib turibdi – Pep Gvardiola Abduqodirni maydonga tushirgan soʻnggi uchta oʻyinda «Siti» jami 9ta gol urgan va 2ta toʻp oʻtkazib yuborgan. «Chelsi» 3:1 hisobida magʻlub etilgan debyut oʻyinda hamyurtimiz londonliklarning goliga sabab boʻlgandi. Oʻshandan keyin u kubokda «Leyton Oriyents»ga qarshi yangi jamoasidagi ilk goliga mualliflik qilgan boʻlsa, shanba kuni «Nyukasl» yirik hisobda magʻlub etildi. Husanov maydonga tushirilmagan «Arsenal» va «Real»ga qarshi oʻyinda esa aksincha, jamoa magʻlub boʻlib, oʻz darvozasidan jami 8ta gol oʻtkazib yubordi. Shunday ekan, Husanovning tarkibda boʻlishi – «shaharliklar»ning gʻalaba tomon ilk qadamiga aylanmoqda.

Foto: Getty images
Husanov Holand, Foden va Gundoʻgʻanni ortda qoldirdi

Oʻzbekistonlik 20 yoshli himoyachining «Nyukasl»ga qarshi 90 daqiqa davomidagi harakatlarini ingliz OAVlari ham e'tirof etgan.

Xususan, Britaniyaning eng nufuzli telekanallaridan biri sanalmish BBC jurnalistlari Abduqodir Husanovning toʻliq oʻtkazgan ilk oʻyinini 7,44 ballga baholagan.

Taqqoslashingiz uchun, milliy jamoaga a'zo himoyachi ushbu oʻyinda Fil Foden (7,38 ball), Ilkay Gundoʻgʻan (7,30), Erling Holand (7,21) singari yulduzlarni bu borada ortda qoldirishga erishdi.

«Man Siti» oʻyinchilarga «Nyukasl»ga qarshi oʻyinda qoʻyilgan ballar (BBC talqini):

Gvardioladan maqtov

«Manchester Siti» ustozi «Nyukasl» bilan oʻyindan keyin oʻzbekistonlik himoyachini e'tirof etdi.

«Bugungi uchrashuvning sur'ati va harakatlarimizdan mamnunman. Niko Gonsales va Abduqodir Husanov ajoyib darajada oʻyin koʻrsatishdi. Oldinda «Real»ga qarshi biz uchun muhim boʻlgan javob bahsi bor. Muxlislarimiz uyiga xursand qaytishi uchun barcha ishni qilishimiz kerak.

Yangi oʻyinchilarning bizga nafi tegadigan jihatlari koʻp. Husanovda tezlik va shijoat mujassam. Aynan shuning uchun uni sotib olganmiz. U juda tez, yosh va oʻziga nisbatan ishonchi yuqori. Dadil va agressiv oʻyini bilan ajralib turadi. Yakkakurashlardan qoʻrqmaydi, yutqazgan taqdirda ham darhol yordamga qaytadi. U juda yaxshi moslashmoqda», - deydi ispaniyalik murabbiy Husanovni maqtab.

Foto: Getty images
Navbat – «Real» va «Liverpul»ga qarshi oʻyinlarga

«Manchester Siti»ni keyingi bahsda mavsumdagi eng muhim oʻyini kutib turibdi. Pep Gvardiola Premer-liga chempionligini oʻzida saqlab qolishdan deyarli umid uzgandir, ammo Chempionlar ligasidagi yurishdan hamon umidvor. Madridda «Real»ga qarshi oʻtadigan pley-off oʻtish javob uchrashuvida «Siti» bor kuch va imkoniyatini ishga solishi aniq. Chunki birinchi bahsdan keyin jamoaning bu oʻyinda yoʻqotadigan narsasi qolmagan va Pep shogirdlarini faqat gʻalaba uchun ruhlantiradi. Chorshanba oqshomidagi «jang»dan keyin yakshanba kuni «Siti»ni peshqadam «Liverpul» bilan oʻyin kutadi. «Shaharliklar» uchun mavsumning burilish nuqtasiga aylanishi mumkin boʻlgan yangi haftadagi final oldi finallarda Husanov maydonga tushishga munosib ekanini koʻrsatdi. Shunday ekan, Abduqodirni 3 kundan keyin «Santyago Bernabeu»da maydonga chiqishini kutishga haqlimiz.

Manba: Kun.uz
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Yangi Land Rover Defender taqdim etildi: dizayn va texnologiya inqilobi!
Britaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Land Rover o‘zining eng afsonaviy modellaridan biri — Defender'ning modernizatsiya qilingan versiyasini rasman namoyish qildi. Yangi
Avto 12:48, 30-05-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
22 yillik tarix tugadi: Skype rasman yopildi, Microsoft Teams uni almashtiradi
22 yillik tarix tugadi: Skype rasman yopildi, Microsoft Teams uni almashtiradi
22 yil davomida butun dunyo bo‘ylab odamlarni yaqinlashtirgan Skype rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 5 may kuni Microsoft kompaniyasi tanish va sevimli messenjer — Skype'ning barcha
Texnologiya 18:26, 6-05-2025
Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqish bahsida “Real” va “Manchester Siti” bugun, 19-fevral kuni javob uchrashuvida toʻqnash keladi. Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv
Sport 12:38, 19-02-2025
“Manchester Siti” himoyasi Abduqodir Husanov zimmasiga o‘tdi
“Manchester Siti” himoyasi Abduqodir Husanov zimmasiga o‘tdi
Joriy mavsumda hech bo‘lmaganda Yevropa Chempionlar ligasi va Angliya kubogi bilan yakunlash uchun kurashayotgan “Manchester Siti” muhim pallada yana jiddiy muammolarga to‘qnash keldi. Futbolni
Sport 12:07, 5-03-2025