Bugun
Mostovoy: PSJ darvozabonini baholash oson emas
+8°
облачно с прояснениями ветер 2.8 м/с, СВ

Ispaniya futboli: «Real»ga sovg‘a bo‘lmadi (video)

Sport
116
Ispaniya futboli: «Real»ga sovg‘a bo‘lmadi (video)
Hafta o‘rtasida Ispaniya chempionatida ro‘y bergan asosiy voqea, o‘yindagi gol va turnir jadvalidagi vaziyat haqida ushbu maqola orqali bilishingiz mumkin.

La Liga. 33-tur
«Barselona» — «Malyorka» 1:0
Gol
: Olmo (46).
«Barselona» — Shesni, Garsiya, Arauxo, Martines, Fort (Martin, 77), Gavi, Pedri, Yamal (de Yong, 87), Olmo (Lopes, 62), Fati (Rafinya, 62), Torres (Viktor, 77).
«Malyorka» — Roman, Morey, Vallent, Raillo, Kopete, Moxika (Lato, 81), Xosabed (Valeri, 81), Maskarel (Salas, 86), Koshta (Domenek, 66), Darder, Larin (Prats, 86).
Ogohlantirish: Koshta (25).

Oldingi haftalarda tig‘iz taqvim tufayli «Real» o‘yinlarni boykot qilish bilan tahdid qilgandi. Endi esa kataloniyaliklar klubi rahbariyati ham jahl otiga mindi va odatda diplomatik yo‘l tutadigan Hansi Flik ham Ispaniya chempionati taqvimini tuzuvchilarga zaharini sochdi. Murabbiyni tushunish mumkin, chunki jamoa jarohatlar tufayli Balde ortidan Levandovskini ham yo‘qotdi. Endi polshalik hujumchi shanba kuni «Real»ga qarshi Ispaniya kubogi finalini ham, Chempionlar ligasida «Inter»ga qarshi ikki yarimfinalni ham o‘tkazib yuboradi.

Seshanba oqshomida esa — kuchsiz mavsum o‘tkazayotgan va Kataloniya poytaxtida 17 yildan buyon g‘alaba qozonmagan «Malyorka»ga qarshi o‘yinda — ko‘k-anorranglilar tarkibda rotatsiya qildi. Boshlang‘ich tarkibda mudofaa pozitsiyasi markazida Erik Garsiyaga ham, Fort va hatto Ansu Fatiga ham joy topildi. Ushbu trio joriy yil boshidan buyon jami o‘ttiz daqiqadan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgandi. Fatini esa startda o‘tgan yil 20 oktyabridan buyon ko‘rishmagandi. Uning birinchi bo‘limdagi xato zarbalarini ham undagi o‘yin amaliyoti yo‘qligi izohlaydi. Chap qanot vingeri pozitsiyasida tushgan futbolchi ayniqsa tanaffus arafasida o‘ta qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Kataloniyaliklarning boshqa futbolchilari ham imkoniyatdan foydalana olmadi, jamoa birinchi bo‘limning o‘zida 24 zarba yo‘llab (5 tasi darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan), tablodagi nollarni o‘zgartira olmadi. La ligadagi o‘yinlarni 2003 yildan buyon kuzatib kelayotgan Opta statistiki kompaniyasi shu vaqtgacha birinchi bo‘limda shuncha zarbadan keyin ham hisob ochilmaganini qayd etmagandi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq jarima maydonida qulay pozitsiyada paydo bo‘lgan Dani Olmo to‘pni yerlatib himoyachilar orasidan o‘tkazdi va olis burchakni aniq nishonga oldi. Olmo — «Barsa»ning joriy mavsumda gollari sonini o‘ndan oshirgan Rafinya, Levandovski, Yamal va Ferran Torresdan keyingi beshinchi futbolchisiga aylandi.

Vaziyat «Malyorka»ni 5-4-1 sxemasi bo‘yicha chuqur himoyalanishni to‘xtatib, ochilishga majbur qildi. Mehmonlarning bir necha hujumlari «Barsa»da ikkinchi qavatda muammolar borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Arrasate shogirdlari ko‘k-anorranglilar jarima maydonida havodagi to‘p uchun kurashlarda ustun kelishdi, lekin mezbonlar uchun hech qanday qo‘rqinchli narsa ro‘y bermadi. Yamal o‘yin masalasini hal qilib qo‘yishi mumkin edi, ammo u ham yakkama-yakka vaziyatdan foydalan olmadi. U yoki o‘ziga ortiqcha baho berib yubordi, yoki Romanning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmadi – ayyorona finti bilan darvozabonni aldab o‘ta olmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham «Barsa» zarbalar bo‘yicha katta ustunlikka erishdi – 16:4 (darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan zarbalar bo‘yicha 8:0), xG bo‘yicha 0,25 ga qarshi 1,47. Kataloniyaliklar o‘yin oxirigacha muxlislarini asabiy holatda o‘tirishga majbur qilgan bo‘lsa-da, g‘alabali hisobni saqlab qoldi va «Real»ning bugungi o‘yini yakunigacha oradagi farqni yetti ochkoga yetkazdi. Hansi Flik shogirdlari so‘nggi uch yillikdagi eng yaxshi seriyasini qayd etmoqda va o‘n to‘rt turdan buyon yutqazmayapti (+12=2). Titul yanada yaqin.

O‘xshash yangiliklar

Mostovoy: PSJ darvozabonini baholash oson emas
Mostovoy: PSJ darvozabonini baholash oson emas
Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U Safonov berilgan imkoniyatlardan
Sport Bugun, 01:22
Martines: Ronaldu jamoaning asosiy yetakchisi bo‘lib qolmoqda
Martines: Ronaldu jamoaning asosiy yetakchisi bo‘lib qolmoqda
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar berdi.
Sport Bugun, 01:14
Futbol maydonida jarohatlangan chayqa qutqarildi
Futbol maydonida jarohatlangan chayqa qutqarildi
Turkiyada "Mevlanakapi Guzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini davomida noodatiy holat yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yinda
Sport Bugun, 01:12
«Al Hilol» duranglar sabab uchinchi o‘ringa tushdi
«Al Hilol» duranglar sabab uchinchi o‘ringa tushdi
Saudiya Arabistoni chempionatida «Al Hilol» jamoasi hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa-da, so‘nggi turlardagi ketma-ket durang o‘yinlar sababli turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushib
Sport Bugun, 00:32
Flik: "Barselona" o‘yini va uslubi muhim!
Flik: "Barselona" o‘yini va uslubi muhim!
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoada olib borilayotgan ishlar va klubga qo‘yiladigan talablar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 00:27
Jonatan Devid yozda "Yuventus"ni tark etishi mumkin
Jonatan Devid yozda "Yuventus"ni tark etishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Jonatan Devid yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar berdi. Insayder
Sport Bugun, 00:04