Bugun
Allegri "Milan"ni tark etishi haqidagi gaplarni rad etdi
+11°
переменная облачность ветер 0.9 м/с, С

Sergey Lushan “Qizilqum”ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi

Sport
103
Sergey Lushan “Qizilqum”ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” (3:2) uchrashuvi jadal va shiddatli kechdi. G‘alaba mahalliy jamoa tomonida qoldi. Musobaqa yakunlanganidan so‘ng, namanganliklar ustozi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etib, nafaqat o‘yinning tahlilini berdi, balki jamoaning ruhiy tayyorgarligi va umumiy saviyasi haqida ham ochiqcha fikr bildirdi.

“Qizilqum” vaziyatlardan unumli foydalandi”

“Avvalo, navoiyliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Stadion juda yaxshi. Mahalliy muxlislar o‘z jamoasi bilan faxrlandi, deb o‘ylayman.

“Qizilqum” o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalandi va natijaga yerishdi. Bu g‘alabani haqli ravishda qo‘lga kiritishdi.
Bizda ham gol urish uchun imkoniyatlar yo‘q emasdi. Lekin shuncha vaziyatlardan foydalanishda ko‘proq samara kerak edi. Futbolchilar mehnat qilishdi — buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo gollarsiz mehnatni natijaga aylantirish qiyin.”

“Birinchi gol — himoya xatosi. Darvozabonni ayblash to‘g‘ri emas”

“Birinchi gol haqida gapiradigan bo‘lsam, bu yerda darvozabonni ayblash qiyin. Albatta, bunday masofadan zarba qaytarilishi kerak.
Lekin himoyachi qanotdan katta masofani bosib o‘tib, zarba bergan bo‘lsa, demak himoyaviy yordam yetarli bo‘lmagan. Bu gol keraksiz gollardan biri edi.

Shu paytgacha biz o‘yinni nazorat qilyapdik. Goldan keyin ham vaziyatlar bo‘ldi, ammo ularni golga aylantira olmadik. Bu borada tahlil olib borishimiz lozim.”

“Psixologiya ta’sir qildi, deyish to‘g‘ri emas”

Matbuot anjumanidagi yana bir qiziq nuqta — “Navbahor”ning “Buxoro” ustidan qozongan 3:0 hisobidagi g‘alabadan keyingi ruhiy ustunlik, va “Qizilqum”ning pastki o‘rinlardagi joyi jamoaga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdimi?” degan savolga javob:

“Raqibni mensimaslik haqida gapirish men uchun noto‘g‘ri tuyuladi. Futbolchi o‘z tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondoshishi kerak. Ular maydonda o‘z vazifasini bajaradi va shunga yarasha haq oladi.

Futbolda “Qizilqum” yoki “Real” deb farq qiladigan yondashuv bo‘lmasligi kerak. Maydonga chiqqan har qanday jamoaga qarshi 100% tayyorgarlik bilan tushish zarur. Bu psixologiya emas, professionallik masalasi.”

Xulosa o‘rnida...

“Navbahor” jamoasi Namangandagi yuqori ruhiy kayfiyatni saqlab qola olmadi. Qaysi nuqtada ruhiy bosim, qaysi vaziyatda himoya xatosi va qaysi epizodda imkoniyatdan foydalanilmadi — bu haqdagi tahlillar endigi mashg‘ulotlarda hal bo‘ladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz? “Navbahor”dagi muammo maydondami yoki u yoqdagi ruhiy tayyorgarlikdami?

O‘xshash yangiliklar

Allegri "Milan"ni tark etishi haqidagi gaplarni rad etdi
Allegri "Milan"ni tark etishi haqidagi gaplarni rad etdi
"Milan" futbol klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 11:12
Garri Keyn: "Levandovski rekordi haqida hali erta"
Garri Keyn: "Levandovski rekordi haqida hali erta"
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesligadagi rekordiga oid savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 10:56
Gvardiola: Chempionlar ligasida oson raqib yo‘q
Gvardiola: Chempionlar ligasida oson raqib yo‘q
"Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat va bu musobaqaning murakkabligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 10:45
Gallardo «River Pleit» bilan g‘alaba bilan xayrlashdi
Gallardo «River Pleit» bilan g‘alaba bilan xayrlashdi
Marselo Gallardo murabbiy sifatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning boshqaruvidagi «River Pleit» jamoasi «Banfil’d»ga qarshi uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba
Sport Bugun, 10:43
Allegri "Milan"ni tark etishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Allegri "Milan"ni tark etishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
"Milan" futbol klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uning kelajagi borasida matbuotda tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda *euro-football.ru* xabar
Sport Bugun, 10:10
Golovin ketma-ket uchinchi o‘yinda assist berdi
Golovin ketma-ket uchinchi o‘yinda assist berdi
Fransiya chempionatining 24-tur o‘yinlari davomida Aleksandr Golovin harakat qilayotgan "Monako" jamoasi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shanba kuni bo‘lib
Sport Bugun, 10:07