Bugun
Ronaldu jarohatdan so‘ng maydonga qaytadi
+12°
пасмурно ветер 0.8 м/с, СВ

“Roma”ni Yevropaga yetaklayotgan duet: Shomurodov va Dovbik tandemidan xavotirlanish vaqti keldi!

Sport
103
“Roma”ni Yevropaga yetaklayotgan duet: Shomurodov va Dovbik tandemidan xavotirlanish vaqti keldi!
Joriy mavsumning ikkinchi yarmida “Roma” jamoasiga o‘zgacha ruh kirdi. Mavsum boshida Yevropa Chempionlar ligasi haqida faqat orzu qilinayotgan bir paytda, Klaudio Raneri qo‘l ostidagi jamoa o‘zini butunlay boshqacha namoyon eta boshladi. Bunga sabab, shubhasiz, Eldor Shomurodov va Artyom Dovbikdan iborat hujum duetining samarali o‘yini bo‘lmoqda.

Italiya matbuotidagi tahlillarga ko‘ra, “Roma” jamoasi Raneri boshchiligida 19 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi — shundan 14 ta g‘alaba va 5 durang. Ushbu natijalar ortidagi asosiy kuchi — Shomurodov va Dovbik dueti ekaniga mutaxassislar tobora ko‘proq ishonmoqda.

Italiyaning La Repubblica nashrida “Rim Shomurodov va Dovbik bilan Yevropaga yaqinlashmoqda” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolada aynan “Fiorentina”ga qarshi bahsdagi g‘alabani keltirgan yagona to‘p — aynan mana shu duetning hamkorligi orqali amalga oshgani qayd etildi. O‘zbek va ukrain legionerlari birgalikda jamoaning oldingi chizig‘ini qayta qurib, unga yangi hayot bag‘ishlashdi.

Shomurodov maydonda erkin harakat qilish, bo‘sh hududlar yaratish va raqib himoyachilarini chalg‘itish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Uning harakatlari Dovbik singari jismonan kuchli hujumchi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Natijada — g‘alabalar, ochkolar va Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun real imkoniyat.

Shomurodov va Dovbik bugungi kungacha birga maydonda 350 daqiqadan ortiq o‘ynashga ulgurishdi. Bu davrda to‘rtta samarali harakat, jamoa ochkolarini hal qilgan gollar va assistlar qayd etildi. Faqat so‘nggi beshta turda Eldor ikki gol va ikki assist bilan jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

Eldor “Yuventus”ga qarshi uchrashuvdagi muhim goli orqali jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi. Keyin “Verona” bilan bahsda yagona to‘pni kiritib, “Roma”ning Chempionlar ligasi uchun kurashini jonlantirdi. “Inter”ga qarshi o‘yinda Matias Sulega, “Fiorentina”ga qarshi bahsda esa Dovbikka to‘p uzatgan holda, Eldor o‘yin taqdirini hal qiluvchi shaxsga aylandi.

Umumiy hisobda Shomurodov joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 marta maydonga tushib, jami 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning harakatlari nafaqat raqiblar, balki “Roma”ning o‘z muxlislari tomonidan ham katta ehtirom bilan kuzatilmoqda.

Klaudio Raneri endi Shomurodov va Dovbik duetini maydonda birga ko‘proq ishlatishiga hech qanday shubha qolmadi. Jamoa hujumda hayotiy xavf yaratishni boshlagan va bunda asosiy “qurol” — 9 va 99 raqamlar bo‘lib turibdi.

Kelasi uchrashuvlardan nimani kutamiz? Yana g‘alabalar, yana duetning samarali harakatlari va, ehtimol, “Roma”ni Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqadigan yulduzli mavsum!

O‘xshash yangiliklar

Ronaldu jarohatdan so‘ng maydonga qaytadi
Ronaldu jarohatdan so‘ng maydonga qaytadi
"Al-Nasr" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar bermoqda. 41 yoshli
Sport Bugun, 20:25
Kejakov: “Inter” “Yuventus”ni 2:0 yoki 3:1 yutadi
Kejakov: “Inter” “Yuventus”ni 2:0 yoki 3:1 yutadi
“Zenit” klubining sobiq futbolchisi Aleksandr Kejakov Italiya A Seriyasida “Inter” va “Yuventus” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 19:54
Maykl Olise "Verder"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Maykl Olise "Verder"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Bavariya" jamoasi hujumchisi Maykl Olise Germaniya chempionatining navbatdagi turida "Verder"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 19:44
Rafa Markes 47 yoshga to‘ldi, «Barselona» tabrikladi
Rafa Markes 47 yoshga to‘ldi, «Barselona» tabrikladi
Juma kuni meksikalik sobiq futbolchi Rafa Markes o‘zining 47 yoshini nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. «Barselona» futbol klubi o‘z tarixida muhim iz qoldirgan ushbu futbolchini tug‘ilgan
Sport Bugun, 19:19
Piter Krauch: "Tottenxem" uchun Pochettino qaytishi kerak
Piter Krauch: "Tottenxem" uchun Pochettino qaytishi kerak
"Tottenxem" futbol klubi sobiq hujumchisi Piter Krauch jamoaning bosh murabbiy tanlovi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, London jamoasi
Sport Bugun, 19:08
Anxel di Mariya tanqidlar markazida qoldi
Anxel di Mariya tanqidlar markazida qoldi
Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, u dastlab yaxshi natijalar ko‘rsatgan bo‘lsa-da, keyinchalik unga nisbatan tanqidlar kuchaygan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu safar e’tibor uning
Sport Bugun, 19:06