Bugun
FIFA «Atletik» klubiga 2028 yilgacha transfer taqiqi qo‘ydi
+9°
пасмурно ветер 2.9 м/с, Ю

Xosep Gvardiola bir necha futbolchilarining holati haqida batafsil gapirdi

Sport
99
Xosep Gvardiola bir necha futbolchilarining holati haqida batafsil gapirdi
"Manchester Siti" klubining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jonli matbuot anjumanida jamoaning hozirgi holati, chempionlik poygasi va futbolchilar bilan bog‘liq muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Niko O'Raylining "Vulverxempton"ga qarshi bahsda almashtirilishi haqida:
"U ko‘p o‘yinlarda maydonga tushdi. Ba’zi futbolchilar ajoyib o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, keyingi bahslarda ishtirok etmasligi mumkin. Ayrimlar esa unchalik yaxshi o‘ynamay turib, doimiy ravishda maydonga tushadi. Bu jazo emas, biz har bir bahsni tahlil qilib, kerakli xulosalar chiqaramiz. Ayniqsa, yosh futbolchilarimiz muntazam ravishda asosiy tarkibda ta’sir ko‘rsatayotgani yaxshi holat."

O'Raylining jamoadagi o‘rni:
"Albatta, uning ishtiroki va hissasisiz bu natijalarni tasavvur qilish qiyin. Niko biz uchun muhim futbolchi."

O'Raylining yarim himoyadagi pozitsiyasi haqida:
"Shubhasiz, u ushbu pozitsiyada ham ajoyib o‘ynay oladi. Ertaga qaysi pozitsiyada bo‘ladi? Buni maydonda ko‘rasiz..."

Kevin De Bryuyne boshqa APL klubiga o‘tish ehtimoli:
"Bilmayman. Kevin va uning oilasiga faqat yaxshilik tilayman."

APLdagi Chempionlar ligasi uchun kurash va maqsadlar haqida:
"6-7 ta jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Agar qolgan uchta o‘yinni yutsak, maqsadimizga erishamiz. Hammasi o‘z qo‘limizda."

APLda ikkinchi o‘rin va Kubok g‘alabasi mavsumni muvaffaqiyatli qila oladimi?:
"Bu haqida o‘ylamayapman. Hozirgi fikrim faqat "Sautgempton"ga qaratilgan. Har kuni ular haqida soatlab o‘ylayapman."

Xabi Alonsoning "Bayer"dagi muvaffaqiyatlari haqida:
"Haqiqatan ham ajoyib natija. Uni futbolchilik davridan taniydigan har bir odam, Xabi kelajakda yaxshi murabbiy bo‘lishini bilar edi. Germaniyada "Bavariya" bilan raqobat qilish o‘zi katta yutuq. U o‘tgan mavsumda faqat Yevropa Ligasi finalida mag‘lub bo‘ldi, qolgan o‘yinlarda esa mag‘lubiyatsiz o‘ynadi. Uning jamoasi o‘ynaydigan futbol, futbolchilar rivojlanishi – Leverkuzen uchun g‘ururlanarli holat."

Erling Xolandning "jamoada ochlik yetishmayotgani" haqidagi so‘zlari:
"Agar Erling shunday his qilsa, bu masala futbolchilar orasida muhokama qilinishi kerak. Biz hozirgi natijalardan mamnunmiz, ammo doimiy barqarorlik muhim."

Rodrining hozirgi holati haqida:
"U hali ham jamoa bilan maydonga tushishga tayyor emas."

Ake va Bobbning jarohatidan keyingi holati:
"Natan Ake va Oskar Bobb qisman mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda, ammo ular hali to‘liq maydonga qaytishga tayyor emaslar."

Kovachichning bu mavsumdagi o‘yini haqida:
"U ajoyib o‘ynamoqda. Ayniqsa, Bernardo, Gyundogan yoki Niko bilan yonma-yon maydonda bo‘lganida juda yuqori darajada harakat qilmoqda."

Jamoaning oxirgi formasi haqida:
"Biz mavsumning ikkinchi qismida eng yaxshi natijalarimiz qatorini namoyish qildik. Bu jamoaning mehnatining samarasi."

"Sautgempton" bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida:
"Hisob 0:0. Biz uchun bu juda muhim o‘yin. Chempionatda faqat uchta bahs qoldi. Raqibga nisbatan katta hurmatdamiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" 10 may kuni soat 19:00 da "Sautgempton"ga qarshi maydonga tushadi.

O‘xshash yangiliklar

Djikiya: Turkiyada hammasi yaxshi, sharoitdan mamnunman
Djikiya: Turkiyada hammasi yaxshi, sharoitdan mamnunman
«Antalyaspor» futbol klubi himoyachisi Georgiy Djikiya o‘zining Turkiyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 32 yoshli futbolchi bu borada berilgan savollarga qisqacha
Sport Bugun, 01:38
FIFA «Atletik» klubiga 2028 yilgacha transfer taqiqi qo‘ydi
FIFA «Atletik» klubiga 2028 yilgacha transfer taqiqi qo‘ydi
FIFA tomonidan Ispaniyaning «Atletik» klubi uchun transfer taqiqi joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu cheklovga ko‘ra, klub 2028 yilning yanvar oyigacha yangi futbolchilarni
Sport Bugun, 01:18
Ronaldu qizi bilan sport zalida mashq qildi
Ronaldu qizi bilan sport zalida mashq qildi
Krishtianu Ronaldu va uning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi suratlar bilan bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlarda taniqli futbolchi sport zalida
Sport Bugun, 00:47
Di Mariya tanqidlarga qaramay e’tibor markazida
Di Mariya tanqidlarga qaramay e’tibor markazida
Anxel di Mariya Argentinaga qaytgach, dastlabki o‘yinlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va muxlislarning e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ammo keyinchalik uning atrofida turli
Sport Bugun, 00:44
Gudelj: "Sevilya" natijalariga hakamlar ham ta’sir qilmoqda
Gudelj: "Sevilya" natijalariga hakamlar ham ta’sir qilmoqda
"Sevilya" futbol klubi sardori Nemanya Gudelj jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalarida hakamlik qarorlari ham muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 00:02
Kaladze "Milan" uchun Pavlovichni munosib ko‘rdi
Kaladze "Milan" uchun Pavlovichni munosib ko‘rdi
"Milan" jamoasining sobiq himoyachisi Kaxa Kaladze o‘zining avvalgi jamoasi uchun o‘ziga o‘xshash himoyachini tanladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda Tbilisi shahri hokimi sifatida
Sport Kecha, 23:55