Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+24°
ясно ветер 4.1 м/с, З

UFCda tarixiy to‘qnashuv: Ramazon Temirov qozog‘istonlik raqibi bilan kuch sinashadi

Sport
26
UFCda tarixiy to‘qnashuv: Ramazon Temirov qozog‘istonlik raqibi bilan kuch sinashadi
O‘zbekistonlik mashhur UFC jangchisi Ramazon Temirov navbatdagi muhim bahsi haqida ma’lum qildi. Bu haqida sportchi Instagram sahifasida e’lon berib, muxlislarini xursand qildi.

Temirovning kelgusi raqibi qozog‘istonlik mashhur fayter Asu Almabayev bo‘ladi. Ushbu to‘qnashuv UFC tarixida O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari o‘rtasidagi ilk jang sifatida tarixga kirishi kutilmoqda. Mazkur qiziqarli bellashuv 26 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahrida UFC on ABC 9 turniri doirasida tashkil etiladi.

Hamyurtimiz Ramazon Temirov shu paytga qadar professional MMA karyerasida 22 marotaba oktagonga chiqib, 19 marta g‘alaba qozongan, 3 marta esa raqiblariga mag‘lub bo‘lgan. Ayni vaqtda UFC'da faoliyatini davom ettirayotgan Temirov bu tashkilotda ikki marta jang qilib, har ikki bahsda ham zafar quchgan. E’tiborlisi, Temirov uchun Almabayevga qarshi bo‘ladigan uchrashuv UFC promoushenidagi uchinchi jangi hisoblanadi.

Temirov UFC'dagi ilk jangini 2024 yil oktyabr oyida o‘tkazib, muxlislarning olqishlari bilan kutib olingandi. Keyingi bahs esa joriy yilning 2 mart sanasida bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish lozimki, Temirov bungacha qozog‘istonlik raqiblar bilan uch marotaba yuzlashgan. 2019 yilda Talg‘at Jumagaliyevga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2021 yilda u bilan revansh jangi o‘tkazib, g‘alabani qo‘lga kiritgan. O‘sha yili yana bir qozog‘istonlik fayter Satbek Yesengeldinni ham mag‘lub etgan.

Qozog‘istonlik Asu Almabayev esa professional karyerasida 21 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatga ega. UFC'da 5 marotaba oktagonga chiqib, 4 g‘alaba va bitta mag‘lubiyatni o‘z hisobida qayd etgan. Almabayev so‘nggi jangini UFC reytingining yuqori pog‘onasidagi Manel Kapega qarshi o‘tkazib, unga imkoniyatni boy bergan edi.

Ayni damda UFC reytingida Almabayev sakkizinchi pog‘onada turgan bo‘lsa, hamyurtimiz Temirov o‘n uchinchi o‘rinda bormoqda. Bu uchrashuv har ikki sportchi uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, g‘olib bo‘lgan fayter reytingda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishi shubhasiz.

O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari o‘rtasidagi ushbu tarixiy bahs UFC muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilayotgani aniq. Ramazon Temirovning muxlislari ham uning g‘alabasiga ishonch bildirib, kuchli qo‘llab-quvvatlamoqda.

Zamin.uz tahririyati Temirovga mazkur tarixiy bahsda g‘alaba va yangi yutuqlar tilab qoladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Sobiq Moskva CSKA futbolchisi Dmitriy Kuznetsov joriy mavsumdagi Rossiya Premer-ligasida “qizil-ko‘k” jamoaning oltin medallarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda
Sport 22:14, 17-10-2025
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salahga nisbatan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya
Sport 22:13, 17-10-2025
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
So‘nggi vaqtlarda "PSJ" jamoasi darvozaboni Matvey Safonov o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi ekani va Parij klubini tark etishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda
Sport 22:09, 17-10-2025
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
CSKA jamoasi himoyachisi Matvey Lukin yarim himoyachi Matvey Kislyakning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Oldinroq Nobel
Sport 22:09, 17-10-2025
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tatyana Tarasova, taniqli figuralar uchish bo‘yicha murabbiy, Rossiya futbol murabbiylari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada
Sport 22:05, 17-10-2025
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Sobiq futbolchi Dmitriy Radchenko Sankt-Peterburgning Zenit jamoasida yosh futbolchilarga kam o‘yin amaliyoti berilishining sabablari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sport 22:03, 17-10-2025