Bugun
O'zbekistonda yog'ingarchilik va tuman kutilmoqda
+11°
пасмурно ветер 1.6 м/с, С

Bahodir Qurbonov: "Birinchi qadamni futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz"

Sport
107
Bahodir Qurbonov: "Birinchi qadamni futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz"

Biroz oldin OʻFAning navbatdan tashqari saylov kongressida tashkilotga yangi prezident saylandi. Unga koʻra, Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Bahodir Nizomovich Qurbonov OʻFA prezidenti sifatida ishga kirishdi.

"Delegatlarga mening nomzodimni OʻFA prezidentligiga loyiq koʻrganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchaga ma'lumki, futbol Oʻzbekistonda ommaviy va eng sevimli sport turi hisoblanadi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan koʻplab muhim hujjatlar imzolandi. Bu esa oʻz navbatida soʻnggi yillarda futbolimizda katta oʻsishga turtki berdi. FIFA va OFK bilan hamkorlikda futbolimiz infratuzilmasini yaxshilash, futbol bilan shugʻullanish uchun qulayliklar yaratish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarimiz xalqaro maydonda yorqin gʻalabalar qayd etishmoqda.

Oʻtgan yili futbolimiz tarixida birinchi marotaba U-23 terma jamoamiz yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi, U-20 terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. Oʻsmirlar terma jamoamiz Jahon chempionatida kuchli sakkizlikdan joy oldi. Bugungi kunda Oʻzbekiston eng nufuzli futbol turnirlari mezboni sifatida e'tirof etilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino 2024 yil Oʻzbekiston mezbonlik qilgan Jahon chempionatini tarixdagi eng zoʻri sifatida baholadi. Oʻz navbatida mening yangi lavozimdagi vazifam mana shu rivojlanishni davom ettirgan holda yanada katta natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdan iborat.

Umid qilamanki, futbol sohasida faoliyat yuritayotgan har bir inson davlatimiz rahbarining berayotgan ishonchini oqlash, muxlislar kutayotgan natijalarni qayd etish uchun oʻz vazifalariga mas'uliyat bilan yondoshishadi. Hurmatli kongress ishtirokchilari men prezident sifatida bugundan aytamanki, har birlaringizning bilim, ilmlaringizga, yordamlaringizga muhtojman. Oʻylaymanki, biz birgalikda bu mas'uliyatli vazifani amalga oshiramiz. Oldimizda katta maqsadlar turibdi. Milliy terma jamoamiz yaqin vaqt ichida Jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi bahslarida ishtirok etadi. Mundialda qatnashish xalqimizning azaliy orzusi hisoblanadi.

Muxlislarning ishonchini qozonish, stadionlarni ishqibozlar bilan toʻldirish, futbolda halollik, shaffoflikni ta'minlash borasida katta vazifalar turibdi. Oʻylaymanki, futbol mutaxassislari, OAV birgalikda va hamjihatlikda ishlab maqsadimizga etamiz. Birinchi qadamlarimiz futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz. Raqamlashtirish shaffoflik, yosh futbolchilarni tarbiyalash, ilmiy nuqtai nazaridan kuzatish imkonini beradi. Yana bir bor kongress ishtirokchilariga rahmat aytaman va ishonchlaringni oqlash uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman", - deydi Bahodir Qurbonov.

Manba: Championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Shomurodov va Fayzullayev "Istanbul Bashakshehir" safida maydonga tushadi
Shomurodov va Fayzullayev "Istanbul Bashakshehir" safida maydonga tushadi
Bugun Turkiya kubogi 4-bosqichi doirasida "Istanbul Bashakshehir" va "Trabzonspor" jamoalari o'rtasida muhim uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 21:35
Gvardiola: Holandning Holati Yaxshi, Qaror Keyinroq
Gvardiola: Holandning Holati Yaxshi, Qaror Keyinroq
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning muhim o‘yinlari oldidan Erling Holandning holati haqida yangilik berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Angliya Premer-ligasida
Sport Bugun, 21:33
"Manchester Siti" Livramento uchun 70 million funt taklif qilmoqda
"Manchester Siti" Livramento uchun 70 million funt taklif qilmoqda
Angliya futbolida yozgi transfer oynasi yaqinlashar ekan, yana bir shov-shuvli xabar muxlislar diqqatini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qator manbalarga ko'ra, "Manchester
Sport Bugun, 21:08
"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuv
"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuv
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali qur’asi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U
Sport Bugun, 20:23
Eron ayollar jamoasi madhiya paytida jim qoldi
Eron ayollar jamoasi madhiya paytida jim qoldi
Osiyo Kubogi doirasida Eron ayollar milliy jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘tgan uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ammo bu o‘yindan ko‘ra ko‘proq
Sport Bugun, 20:12
"Real Madrid"ning chempionlik umidlari so'nmoqda
"Real Madrid"ning chempionlik umidlari so'nmoqda
Ispaniya chempionatining 26-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda kutilmagan mag'lubiyat "Real Madrid"ning chempionlik uchun kurashiga jiddiy zarba berdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 20:03