Bugun
Eron raketalari Isroilning janubiy shaharlariga jiddiy zarba berdi
+23°
пасмурно ветер 2.3 м/с, Ю

Andijonda Ronalduni ko‘rish imkoniyati: OCHL 2da sensatsiya bo‘lishi mumkin

Sport
73
Andijonda Ronalduni ko‘rish imkoniyati: OCHL 2da sensatsiya bo‘lishi mumkin
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025/26 mavsum uchun klublar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar ro‘yxatini rasman e’lon qildi. Ushbu yilda O‘zbekiston futbol muxlislarini yanada katta qiziqish va hayajon kutmoqda. Chunki mamlakatimiz sharafini ikki jamoa xalqaro maydonda himoya qiladi.

Hammamizga ma’lum, Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) Elit bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh marralaridan o‘z yurishini boshlaydi. Ro‘ziqul Berdiyevning yosh va iqtidorli shogirdlari ilk bellashuvini 15 sentyabr kuni o‘tkazishadi. Bu yil “ajdarlar” uchun yangi sinov va yana katta maqsadlar yili bo‘ladi.

E’tiborga molik yana bir yangilik: “Andijon” jamoasi, mamlakat kubogi sohibasi sifatida, OCHL 2 musobaqasida ishtirok etadi. Andjonliklar ham o‘z xalqaro yurishini guruh bosqichidan boshlashadi va Maksim Shatskix shogirdlari 16 sentyabr kuni tarixiy ilk uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Bu nafaqat “Andijon” uchun, balki butun viloyat va mamlakat futbol ixlosmandlari uchun unutilmas voqea bo‘lishi kutilmoqda.

Eng qiziqarlisi, OCHL 2da Saudiya Arabistonining mashhur “Al-Nasr” klubi ham ishtirok etadi. Agar, Krishtianu Ronaldu o‘z shartnomasini uzaytirsa, dunyo futboli yulduzini Andijonda ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi! Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyo futbol maydonida voqea bo‘lishi aniq. “Al-Nasr” ham g‘arb mintaqasida “Andijon” bilan birga guruh bosqichida o‘ynaydi.

Barcha klublar o‘z guruhlaridagi raqiblarini 15 avgust kuni bo‘ladigan qur’a tashlash marosimidan so‘ng bilib oladi. Muxlislar esa ana shu tarixiy pallada, ehtimol, birinchi marta futbol yulduzi Ronalduni o‘z vatanimizda jonli ko‘rish umidi bilan yashashmoqda.

Shubhasiz, bu mavsum o‘zbek futboli uchun juda katta imkoniyat va sinov davri bo‘ladi. Har ikki jamoamizga omad va zafar tilaymiz!

O‘xshash yangiliklar

Mourinyu boshqaruvidagi Benfika Portugaliya chempionatida yetakchilik qilmoqda
Mourinyu boshqaruvidagi Benfika Portugaliya chempionatida yetakchilik qilmoqda
Portugaliya futbol chempionati o'zining eng qiziqarli va g'alati bosqichiga kirib bordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Joze Mourinyu boshqaruvida bo'lgan Benfika jamoasi hozirda
Sport Bugun, 12:29
Arteta Arsenalning Liga kubogini qo'lga kiritishiga ishonch bildiradi
Arteta Arsenalning Liga kubogini qo'lga kiritishiga ishonch bildiradi
Angliya futbolining mashhur Arsenal klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi Liga kubogini qo'lga kiritishiga katta ishonch bildirib, muxlislarini quvontirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 11:49
Husanov Arsenalga qarshi finalda o'ynaydi
Husanov Arsenalga qarshi finalda o'ynaydi
Bugun o'zbek futboli muxlislari uchun haqiqiy bayram kuni bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov o'z faoliyatini davom ettirayotgan Manchester Siti
Sport Bugun, 11:08
Arbeloa Mbappe holati haqida derbi oldidan gapirdi
Arbeloa Mbappe holati haqida derbi oldidan gapirdi
Real Madrid futbol klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasi yetakchi hujumchisi Kilian Mbappening jismoniy va ruhiy holatini ertaga bo'ladigan mudda derbi oldidan batafsil baholadi. Bu haqda
Sport Bugun, 10:58
Flik asosiy e'tiborni Rayo Valekano o'yiniga qaratish kerakligini ta'kidladi
Flik asosiy e'tiborni Rayo Valekano o'yiniga qaratish kerakligini ta'kidladi
Barselona jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ommaviy axborot vositalariga bergan so'roqda bugungi kundagi asosiy vazifa haqida gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning
Sport Bugun, 10:39
Chelsi Evertonni mag'lubiyatga uchratib jamoada pasayish sabablarini aniqladi
Chelsi Evertonni mag'lubiyatga uchratib jamoada pasayish sabablarini aniqladi
Londonning mashhur Chelsi futbol klubi so'nggi vaqtlarda o'tkazgan bir qator uchrashuvlarda kutilmagan natijalarga erishib, o'z muxlislari va kuzatuvchilarni jiddiy o'ylantirib
Sport Bugun, 08:44