Bugun
Arbeloa: "Real" uchun asosiy maqsad — g‘alaba!
+13°
пасмурно ветер 0.7 м/с, ЮЗ

Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibdami?

Sport
96
Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibdami?
Futbol boʻyicha Angliya chempionati 27-turidan oʻrin olgan uchrashuvlar doirasida “Manchester Siti” “Tottenhem”ga qarshi bahs olib boradi. Oʻyin bugun, 26 fevral kuni tunda boʻlib oʻtadi.

Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv uchun tanlashi mumkin boʻlgan asosiy tarkibi borasida taxminlarini bildirdi.

Opta nashri Pep Gvardiola oʻyin uchun 4-2-3-1 taktikasidan foydalanadi, deya hisoblamoqda va himoyada Yoshko Gvardiol, Ruben Dias, Abduqodir Husanov va Riko Lyuis toʻrtligi oʻynashini taxmin qilmoqda. Soʻnggi bir necha bahslarni jarohat sabab oʻtkazib yuborgan Erling Holand ham safga qaytishi mumkin.

Foto: Opta
Yana bir nashr 90min ham tarkib boʻyicha oʻz taxminlarini bildirib oʻtdi. Unga koʻra “Manchester Siti” bugun London klubiga qarshi quyidagi tarkib bilan maydonga tushadi.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Husanov, Ake, Ruben Dias, Niko Gonsales, Bernardu Silva, Savinyo, Omar Marmush, Jeremi Doku, Erling Holand.

Ushbu nashr ham Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardan maydonga tushishini taxmin qilmoqda va oʻzbekistonlik futbolchiga quyidagicha ta'rif bergan:

“Siti” yanvarda xarid qilgan Husanov ancha yaxshi oʻyin oʻtkazmoqda. Uning debyuti bir oz omadsizroq oʻtgan boʻlsa-da, qolgan bahslarda ancha ishonchli harakat qilmoqda.

Angliyadagi yana bir nufuzli nashrlardan bir Standart.co.uk nashri ham “Tottenhem” — “Manchester Siti” uchrashuvining boshlangʻich tarkibi borasida oʻz taxminlarini bildirib oʻtdi. Oʻzbekistonlik futbolchi bugun boshlangʻich tarkibdan joy olmadi.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Dias, Ake, Gvardiol, Gonsales, Gyundoʻgʻan, Savinyo, Foden, Doku, Holand.

“Manchestercity.news” nashri ham Abduqodirni ilk daqiqalardan boshlab Londonda kechadigan markaziy bahsda maydonga tushadi deya hisoblamoqda.

Foto: Manchestercity.news
Mashhur Onefootball nashri Gvardiola bugun tunda boʻladigan uchrashuvda ilk daqiqalardan oʻynaydigan futbolchilar borasida Husanovga ishonch bildiradi deya hisoblamoqda.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Nunesh, Husanov, Ake, Gvardiol, Gonsales; Foden, De Bryuyne, Kovachich, Doku, Marmush.

“Tottenhem” hozirda 33 ochko bilan turnir jadvalida 13-oʻrinni egalab turibdi. “Manchester Siti” 44 ochko toʻplagan holda 5-pogʻonani band etgan.

O‘xshash yangiliklar

Arbeloa: "Real" uchun asosiy maqsad — g‘alaba!
Arbeloa: "Real" uchun asosiy maqsad — g‘alaba!
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi oldidan "Benfika"ga qarshi o‘yin borasida matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda
Sport Bugun, 09:44
Abduqodir Husanov: “Manchester Siti”ning ishonchli himoyachisi
Abduqodir Husanov: “Manchester Siti”ning ishonchli himoyachisi
Bugungi kunda xorij chempionatlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar orasida faol harakatlar kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Har hafta ulardan kimdir gol uradi, kimdir
Sport Bugun, 08:52
Angliya Kubogi: Nyukasl va Siti to‘qnashuvi kutilmoqda
Angliya Kubogi: Nyukasl va Siti to‘qnashuvi kutilmoqda
Kecha, 16-fevral kuni Angliya Kubogining 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qur’a futbol ishqibozlari uchun kutilmagan va qiziqarli juftliklarni taqdim
Sport Bugun, 08:13
Pimenov: Rossiya uchun har bir o‘yin foydali
Pimenov: Rossiya uchun har bir o‘yin foydali
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Sport Bugun, 07:45
Antonio Paganin: "Napoli" chempionlikni himoya qila olmaydi
Antonio Paganin: "Napoli" chempionlikni himoya qila olmaydi
Milanning “Inter” klubi sobiq futbolchisi Antonio Paganin “Napoli” joriy mavsumda o‘tgan yilgi chempionlik unvonini himoya qila olmasligini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning fikricha,
Sport Bugun, 07:22
Ronaldu Yevropaga qaytishi mumkinmi?
Ronaldu Yevropaga qaytishi mumkinmi?
Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U yaqinda klub bilan munosabatlarini tiklab, maydonga qaytishni
Sport Bugun, 06:47