Bugun
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
+13°
пасмурно ветер 1.8 м/с, СЗ

“Manchester Siti” himoyasi Abduqodir Husanov zimmasiga o‘tdi

Sport
144

“Manchester Siti” himoyasi Abduqodir Husanov zimmasiga o‘tdi
Joriy mavsumda hech bo‘lmaganda Yevropa Chempionlar ligasi va Angliya kubogi bilan yakunlash uchun kurashayotgan “Manchester Siti” muhim pallada yana jiddiy muammolarga to‘qnash keldi.

Futbolni yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri – onefootball.com “shaharliklar”ni qiynayotgan masalalar haqida tahliliy maqola chop etib, ular fonida Abduqodir Husanov jamoaning xaloskoriga aylanib borayotganini ta’kidladi.

- Kuni kecha “Manchester Siti”ning yana bir markaziy himoyachisi Natan Ake o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali tovonidan operatsiya bo‘lganini va oyoqqa turishi bir necha hafta vaqt olishini ma’lum qildi.

Endi Niderlandiya terma jamoasi a’zosi jarohatini davolatayotgan va jamoaga yordam bera olmayotgan boshqa markaziy himoyachilar – Manuel Akanji va Jon Stounz qatoriga qo‘shildi. Bu “Manchester Siti”ning himoya chizig‘i zaxiralari yana bosim va muammolarga duchor bo‘lishidan dalolat beradi.

Bundan buyon mavsumning eng mas’uliyatli pallasida himoya markazini mustahkam ushlash asosan Abduqodir Husanov zimmasiga yuklanadi. Xosep Gvardiola o‘zbek legioneriga yordamchi sifatida 18 yoshli Vitor Reysni o‘ynatishi kutilyapti. Bu ikki futbolchi Manchesterga kelganidan buyon o‘zlari ishtirok etgan o‘yinlarda jamoaning har qanday og‘irligini ko‘tarishga tayyor ekanliklarini namoyish qilishdi.

Ayniqsa, Abduqodir Husanov qisqa fursatda “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga munosib o‘yinchi ekanini isbotlab qo‘ydi. “Lans”dan 20 yanvar kuni transfer qilingan yosh futbolchi hozirga qadar oltita uchrashuvda ishtirok etdi. “Chelsi”ga qarshi debyut uchrashuvi xatolar bilan boshlanganiga qaramay, keyingi o‘yinlarda bu himoyachi “shaharliklar” nega aynan uni katta summaga xarid qilganini hammaga ko‘rsatib qo‘ydi va yuqori salohiyatini namoyish qilib kelmoqda.

Abduqodirning kuch-quvvati, tezkorligi, himoyachi sifatidagi mahorati “Siti”ning himoya chizig‘iga juda mos tushdi. Husanov darrov “Manchester Siti” uchun noyob va qadrli o‘yinchiga aylanib qoldi. Endi unda mavsumning hal qiluvchi pallasida “Manchester Siti”ning yetakchi himoyachisiga aylanish uchun yanada kengroq imkoniyat paydo bo‘ldi.

“Palmeyras”dan kelgan Vitor Reysga iqtidorini isbotlash uchun Angliya kubogi doirasidagi ikki uchrashuv kifoya qildi. Ayniqsa, beshinchi bosqichda “Plimut”ga qarshi uchrashuv Vitor Reysning o‘yin uslubi Jon Stounznikiga o‘xshash ekani va yosh legioner tajribali himoyachining o‘rnini bosishga tayyorligini ko‘rsatdi. Tarkibda yuzaga kelgan jarohatlar epidemiyasini inobatga olgan holda Xosep Gvardiola Reys yoshligiga qaramay, unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishiga to‘g‘ri keladi.

Markaziy himoyachilarning jarohatlar tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani endi jamoaning Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmalari uchun kurashda Abduqodir Husanov va Vitor Reys muhim rol o‘ynashi lozimligidan dalolat bermoqda.

Qizig‘i shundaki, bu ikki yosh himoyachilar aslida kelajak uchun transfer qilingan edi. Ammo vaziyat boshqacha bo‘lib chiqdi. Endi ular muhim maqsadlar uchun kurashda asosiy kuchga aylanib bormoqda. Ularga himoya markazini ushlashda tajribali Ruben Dias yordam beradi.

Futbolda ko‘pincha yetakchi o‘yinchilarning jarohatlari yosh o‘yinchilarning yangi qirralarini kashf etilishiga sabab bo‘ladi. Bugun Husanov va Reys xuddi shu vaziyatda turibdi. Yangi avlod himoyachilari muhim pallada Natan Ake, Jon Stounz va Manuel Akanji singari mashhur yulduzlar o‘rnini to‘ldirishi talab etilmoqda. Agar ular o‘zlariga yuklanayotgan og‘ir mas’uliyatni uddalay olsa, “Manchester Siti”dagi faoliyatlari yana bir pog‘ona yuqori darajaga ko‘tariladi, - deb yozmoqda onefootball.com portali.

Abduqodir Husanov hozirga qadar “shaharliklar” safida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida olti marotaba maydonga tushib, himoyada yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatish barobarida bitta gol ham urdi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23