Bugun
Umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi
+12°
пасмурно ветер 1.1 м/с, СЗ

Maksim Shatskix o‘zining rekordini yo‘qqa chiqargan Shomurodovga qanday baho berdi?

Sport
130
Maksim Shatskix o‘zining rekordini yo‘qqa chiqargan Shomurodovga qanday baho berdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga sardorlik qilayotgan Eldor Shomurodov bu jamoa tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.

29 yoshli futbolchimiz xalqaro miqyosda 78 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 41 ta to‘p kiritgan. Terma jamoadagi to‘purarlik rekordi Eldorgacha uzoq muddat Maksim Shatskixga tegishli bo‘lgan. Asosan xorij klublarida to‘p tepgan Shatskix mamlakatimiz bosh jamoasi uchun 60 ta o‘yinda 33 ta gol urgan edi.

Ayni paytda o‘zi tarbiyalangan “Paxtakor” klubi prezidentining sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlayotgan Maksim Shatskix o‘z hamkasbi haqidagi savollarga javob qaytardi.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘purari Eldor Shomurodov “Roma”ning fevral oyidagi eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi. O‘zbek hujumchisining o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Albatta, bu juda katta natija! “Roma” Yevropada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan klub. Shomurodov uzoq vaqt o‘ynay olmayotgan edi va fevralda asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Eldor bosh murabbiy unga ishonib, xato qilmaganini ko‘rsata oldi.

Shomurodov assistlarni amalga oshirdi, o‘zi gol urdi, jamoasiga foyda keltirdi. Men Shomurodov haqli ravishda “Roma”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi, deb hisoblayman.

Ayniqsa, bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari oldidan juda muhim voqea bo‘ldi. Bu Eldor uchun katta plyus.

- Klaudio Ranerining kelishi Eldorning o‘yiniga ta’sir qildimi? Tajribali murabbiy qo‘l ostida “Roma” mana 11 ta uchrashuvdan beri hech kimga yutqazmayapti...

- Bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik hozirgi paytda Rim klubining asosiy ikki hujumchilaridir. Raneri ularni almashtirib o‘ynatishga harakat qilmoqda.

“Komo” bilan bo‘lgan bellashuvda Dovbik g‘alaba to‘pini kiritdi. Raneri hammaga o‘yin amaliyoti va vaqt berishga harakat qilyapti.

Bosh murabbiy Dovbik va Shomurodov umumiy hisobda bir xil forvardlar ekanini yaxshi tushunadi. Shunday ekan, ularni nega rotatsiya qilish mumkin emas? Bundan futbolchilar ham mamnun, natija ham hammani qoniqtirmoqda. Buni men ham ma’qullayman.

Ta’kidlash joizki, “Roma” ayni paytda A Seriyada Yevropa kuboklariga yo‘llanma beradigan kuchli oltilikka kirish uchun kurashmoqda. Klaudio Raneri kelganidan keyin “bo‘rilar” musobaqa jadvalining quyi qismidan sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bundan tashqari, Raneri jamoani Yevropa ligasining umumiy bosqichidan olib o‘tdi va pley-off o‘tish o‘yinlarida “Portu”ni ortda qoldirdi. Endi rimliklar chorak finalga chiqish uchun Bilbaoning “Atletik” jamoasi bilan o‘zaro ikkita uchrashuv o‘tkazadi.

O‘yini ochilib borayotgan Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23