Bugun
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
+10°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Yevropa Ligasi. Shomurodovning 90+4-daqiqadagi goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

Sport
124

Yevropa Ligasi. Shomurodovning 90+4-daqiqadagi goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
Yevropa Ligasida 1/8 finalning birinchi o‘yinlari yakunlandi.

«Roma» o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qilib, kambek amalga oshirdi. O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 71-daqiqada zahiradan maydonga tushib, 90+4-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Rimning boshqa bir klubi «Latsio» ham dramatik g‘alabaga erishdi — jamoa Chexiyada 9 kishi qolib, 90+8-daqiqada gol urdi.

Shuningdek, «Ayaks» Amsterdamda «Ayntraxt»ga yutqazib qo‘ydi, «Olimpiakos» Norvegiyada javobsiz 3 ta gol qabul qilib oldi.

Javob o‘yinlari 13 mart kuni o‘tkaziladi.

Yevropa Ligasi. 1/8 final
Birinchi o‘yinlar. 6 mart


Roma — Atletik 2:1
Gollar
: Anxelino (56), Shomurodov (90+4) — I.Uilyams (50).
Roma — Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rench (Salemakers, 60), Pisilli (Kone, 77), Kristante, Anxelino, Dibala (Sule, 71), Baldanzi (El Shaaravi, 60), Dovbik (Shomurodov, 71).
Atletik — Agirresabala, De Markos, Vivian, Alvares, Berchiche, de Galarreta, Xauregisar (Prados, 64), Niko Uilyams (Berenger, 77), Gomes (Vesga, 77), Inyaki Uilyams, Sannadi (Guruseta, 64).
Ogohlantirishlar: Alvares (14), Xauregisar (34), Sannadi (39), Shomurodov (72).
Chetlatish: Alvares (86).


Ayaks — Ayntraxt 1:2
Gollar
: Brobbi (10) — Larsson (28), Sxiri (70).
Ayaks — Pasver (Gorter, 24), Gai, Sutalo, Baas, Hato, Mokio (Fits-Jim, 71), Henderson, Teylor (Konadu, 71), Traore, Brobbi (Bergeys, 63), Godts (Edvardsen, 63).
Ayntraxt — Trapp, Kristensen, Kollinz, Tuta, Teate, Knauff (Fares, 81), Larsson, Sxiri, Gyotse (Uzun, 90), Ekitik (Vai, 81), Bahoya (Braun, 73).
Ogohlantirishlar: Sxiri (34), Kollinz (38), Traore (68), Henderson (90).

Viktoriya Plzen — Latsio 1:2
Gollar
: Durosinmi (53) — Romanioli (18), Isaksen (90+8).
Viktoriya Plzen — Yedlichka, Dveh, Markovich, Yemelka, Memich (Kopis, 84), Cherv, Kalvax, Kadu, Vidra, Shuls, Durosinmi (Adu, 85).
Latsio — Provedel, Tavaresh (Latssari, 55), Romanioli, Jigo, Marushich, Genduzi, Rovella, Isaksen, Pedro (Vesino, 62), Noslin (Chauna, 62), Dia (Patrik, 82).
Ogohlantirishlar: Kalvax (61), Vesino (63), Kadu (71), Cherv (75), Patrik (84).
Chetlatishlar: Rovella (77), Jigo (90+3).

Bude-Glimt — Olimpiakos 3:0
Gollar
: Solakis (13, avtogol), Hog (45, 55).
Bude-Glimt — Xaykin, Sovold, Gundersen, Byortuft, Byorkan, Eviyen (Oklend, 73, Berg, Fet (Saltnes, 22), Blomberg (Maatta, 73), Hauge (Syorli, 90+3), Hog (Helmersen, 73).
Olimpiakos — Solakis, Rodiney, Byankon, Karmu (Retsos, 81), Ortega (Oniyemazchi, 81), Hezze, Muzakitis (Koshtinya, 59), Martinsh, Shikinyu, Palma (Velde, 74), Yaremchuk (Kostulas, 59).
Ogohlantirish: Byankon (12).

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23