Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Pokistonda birinchi marta tuyaga sun’iy oyoq o‘rnatildi

Dunyo
44
Pokistonda birinchi marta tuyaga sun’iy oyoq o‘rnatildi
Pokistonning Sind viloyatida joylashgan hayvonlar boshpanasida Kemmi laqabli tuyaga birinchi marta sun’iy oyoq o‘rnatildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu mamlakat tarixida yirik hayvonga protez o‘rnatilishining ilk amaliyoti sifatida muhim voqea bo‘ldi. 2024-yil iyun oyida Kemmining oyog‘i mahalliy yer egasi tomonidan kesib tashlangan.

Buning sababi tuyani yer egasining dalasiga kirib ketgani uchun shafqatsizlarcha jarohatlashidir. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida qattiq norozilikka sabab bo‘ldi.

Rasmiylar voqeani nazoratga olib, tuyani Karachidagi CDRS boshpanasiga olib bordilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tuya ruhiy zarba olgan, ayniqsa, erkaklardan qo‘rqib qolgan.

Boshpana rahbari Shima Xon Kemmining yig‘lab, yurakni ezadigan nola chiqarishini eslaydi. Reabilitatsiya jarayoni murakkab kechdi.

Kemmi boshqa tuya Kelli bilan tanishtirilib, ular birga vaqt o‘tkazishdi. Bu unga uch oyog‘ida turishga harakat qilishga yordam berdi va holati sezilarli yaxshilandi.

Dastlabki davolashdan so‘ng Kemmi uchun AQShda maxsus protez buyurtma qilindi. Sun’iy oyoq o‘rnatilgach, tuya ilk qadamlarini tashladi.

Veterinar Babar Husaynning aytishicha, Kemmi hali to‘liq moslashmagan, ammo har kuni 15-20 daqiqalik mashg‘ulotlar orqali asta-sekin protezga o‘rganmoqda. To‘liq moslashuv jarayoni taxminan 2-3 hafta davom etadi.

Pokistondagi bu birinchi amaliyot mamlakat veterinariya va hayvonlarni himoya qilish sohasida muhim qadam bo‘ldi. Kemmi hozirda Karachidagi boshpanada yashamoqda va unga doimiy tibbiy, ijtimoiy hamda reabilitatsiya yordami ko‘rsatilmoqda.

Mutaxassislar bu holat hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishda va nogiron hayvonlarga yordam berishda ijobiy natijalar uchun asos bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026