ENRU

Germaniya harbiy texnologiyalarga byudjetni oshirmoqda

Dunyo
473
Germaniya harbiy texnologiyalarga byudjetni oshirmoqda
Germaniya Yevropada harbiy texnologiyalar sohasida yetakchilik qilishni maqsad qilgan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat harbiy byudjetini 2029-yilgacha 162 milliard yevroga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘lar asosan sun’iy intellekt, avtonom robotlar, jangovar dronlar va ilg‘or kuzatuv texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Eng ko‘zga ko‘ringan startaplardan biri Helsing bo‘lib, u jangovar dronlar va sun’iy intellekt yechimlarini yaratadi. Yaqinda uning qiymati 12 milliard dollarga baholandi.

Gundbert Sherfning ta’kidlashicha, Yevropa ilk bor AQShdan ko‘proq harbiy texnologiyalarga sarmoya kiritmoqda. Bundan tashqari, Germaniyada Swarm Biotactics nomli startap tomonidan ishlab chiqilgan “josus qaldirg‘ochlar” texnologiyasi alohida e’tibor qozonmoqda.

Bu jonli hasharotlar sun’iy stimulyatsiya orqali boshqarilib, real vaqt rejimida razvedka ma’lumotlarini yig‘ishga imkon beradi. Germaniya hukumati startaplar uchun yangi mudofaa tenderlariga kirishni soddalashtiruvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda.

Bu qonun kichik kompaniyalarga oldindan to‘lov asosida harbiy buyurtmalarda ishtirok etish imkonini beradi. Shuningdek, faqat Yevropa Ittifoqi hududidagi ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Mamlakatdagi ARX Robotics, Quantum Systems va Donaustahl kabi startaplar sun’iy intellektli robotlar, dronlar va yangi turdagi qurollarni yaratishga jalb qilingan. AQShning NATOdagi roli noaniqlashayotgan bir vaqtda Germaniya o‘z harbiy salohiyatini oshirishga va Yevropa mudofaa sanoatini mahalliylashtirishga intilmoqda.

So‘nggi ikki yilda Germaniya iqtisodiyoti sekinlashgan bo‘lsa-da, harbiy texnologiyalar sohasidagi sarmoyalar iqtisodiyotni jonlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin. 2024-yilda Yevropada mudofaa startaplariga yo‘naltirilgan venchur kapital sarmoyalari 1 milliard dollarga yetdi, Germaniya esa bu sohada eng faol investor hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Bishkekda Almazbek Atamboyevning o‘g‘li to‘rt yilga qamaldi
Bishkekda Almazbek Atamboyevning o‘g‘li to‘rt yilga qamaldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Qodir Atamboyev hamda uning siyosiy maslakdoshlariga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:32
Istanbulda yo‘lovchi kemasi tarixiy binoga borib urildi
Istanbulda yo‘lovchi kemasi tarixiy binoga borib urildi
Turkiyaning Istanbul shahrida, Bosfor bo‘g‘ozi qirg‘og‘ida joylashgan qariyb ikki asrlik tarixiy bino yo‘lovchi kemasi bilan to‘qnashuv natijasida jiddiy talofat
DunyoBugun, 02:23
Sakkiz oyda o‘n uch mingdan ortiq o‘zbekistonlik Gruziyaga bordi
Sakkiz oyda o‘n uch mingdan ortiq o‘zbekistonlik Gruziyaga bordi
O‘zbekistonlik sayohatchilar orasida Kavkaz mintaqasiga, xususan, Gruziyaga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi
DunyoBugun, 01:49
Eron uzoq muddatli urush uchun qurol ishlab chiqarishni oshirdi
Eron uzoq muddatli urush uchun qurol ishlab chiqarishni oshirdi
Eron mudofaa sanoati uzoq vaqtga mo‘ljallangan harbiy harakatlar ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yetarli qurol-yarog‘ ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanini ma’lum qildi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:24
O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingida yuqori ko‘tarildi
O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingida yuqori ko‘tarildi
AQSHning nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan U.S. News and World Report jurnali 2026-yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng qudratli va ta’sir doirasi keng davlatlari
DunyoBugun, 00:37
Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida yong'in kelib chiqdi
Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida yong'in kelib chiqdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport hududiga ballistik raketa yoki uchuvchisiz qurilma zarbasi berilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:21