Bugun
Rossiya termasi Mali bilan o‘ynashi kutilmoqda
+8°
пасмурно ветер 2.4 м/с, С

Rossiyada yuqori martabali general portlash natijasida halok bo‘ldi (video)

Dunyo
171

Rossiyada yuqori martabali general portlash natijasida halok bo‘ldi (video)
Rossiyaning Moskva viloyatida 25 aprel kuni sodir bo‘lgan avtomobil portlashi oqibatida yuqori martabali harbiy, general Yaroslav Moskalik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy aholiga asoslanib, Mash va boshqa OAVlar xabar berdi.

Hodisa Balashixa shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, hozirda Rossiya huquq-tartibot organlari portlash sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, generalning avtomobiliga portlovchi qurilma o‘rnatilgan va u transport vositasidagi gaz ballonlari yaqiniga joylashtirilgan. Moskalik mashina yonidan o‘tayotgan paytda portlash masofadan turib amalga oshirilgani ma’lum qilindi.



Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lgan general Yaroslav Moskalik Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi voqea yuzasidan jinoiy ish ochgan, biroq qaysi modda bo‘yicha tergov olib borilayotgani hozircha ma’lum qilinmagan.

Yaroslav Moskalik 2015 yilda Ukraina bilan bo‘lgan “normand formati” muzokaralarida qatnashgan va Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalari bo‘yicha ham spiker sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2021 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan unga general-leytenant harbiy unvoni berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Kim Chen In: Janub bilan muloqot istagi yo‘q
Kim Chen In: Janub bilan muloqot istagi yo‘q
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining to‘qqizinchi s’ezdiga bag‘ishlangan harbiy paradda Janubiy Koreya bilan muloqot qilish istagi yo‘qligini va zarurat tug‘ilganda
Dunyo Bugun, 15:34
Issiqko‘lda qizining homiladorligi sabab onasi joniga qasd qildi
Issiqko‘lda qizining homiladorligi sabab onasi joniga qasd qildi
Kecha Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Oq-Suy tumanida 41 yoshli ayol qizi homilador bo‘lib qolganini og‘ir qabul qilib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea haqida
Dunyo Bugun, 14:52
Kim Chen In yadroviy qudratni kengaytirishni va’da qildi
Kim Chen In yadroviy qudratni kengaytirishni va’da qildi
Shimoliy Koreyaning yetakchisi Kim Chen In yadroviy qurollarni kengaytirish va mustahkamlash rejasini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Koreya Markaziy axborot
Dunyo Bugun, 13:52
Buyuk Britaniyada Ukraina dron zavodi ish boshladi
Buyuk Britaniyada Ukraina dron zavodi ish boshladi
Buyuk Britaniyada Ukrainaga tegishli birinchi dron zavodi ish boshlagani haqidagi xabar xalqaro mudofaa sohasida katta e’tiborni tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu loyiha haqida Ukraina
Dunyo Bugun, 00:06
Norvegiya maktablarida telefon cheklovi ijobiy natija berdi
Norvegiya maktablarida telefon cheklovi ijobiy natija berdi
Norvegiya maktablarida mobil telefonlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ta’lim tizimi uchun muhim natijalarni ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Norvegiya fan va
Dunyo Kecha, 23:46
Polsha armiyasi 500 ming harbiyga yetkaziladi.
Polsha armiyasi 500 ming harbiyga yetkaziladi.
Polsha yaqin yillarda armiyasini 500 ming harbiygacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish generallar bilan
Dunyo Kecha, 21:26