Bugun
Dollar kursi pasaydi: banklardagi eng qulay narxlar
+16°
пасмурно ветер 2.2 м/с, ЮВ

Pokiston mudofaa vaziri: «Hindistonga qarshi urush boshlashdan boshqa yo‘l qolmadi»

Dunyo
55
Pokiston mudofaa vaziri: «Hindistonga qarshi urush boshlashdan boshqa yo‘l qolmadi»
Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif mamlakatning Hindiston bilan munosabatlari shunday keskinlashdiki, keng ko‘lamli harbiy harakatlarni boshlashdan boshqa chora qolmaganini ma’lum qildi.

“Biz uchun endilikda urush qilishdan boshqa variant qolmadi. Ularga xuddi shunday tarzda va keskin javob berishimiz lozim”, – dedi vazir Pokistonning milliy telekanallaridan biridagi intervyuda.

Jurnalist tomonidan urushning bo‘lishi qanchalik aniqligi haqida berilgan savolga, mudofaa vaziri qat’iyat bilan: “Albatta, urushdan boshqa chora qolmagan. Bunda shubhaga o‘rin yo‘q”, – deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni Pokiston va Hindiston zamonaviy aviatsiya tarixidagi eng keng ko‘lamli va eng uzoq davom etgan havo janglaridan birini o‘tkazdi. Bu jangda 25 ta jangovar samolyot ishtirok etdi va bu keskin havo kurashi bir soatdan ziyod vaqt davom etdi. Tomonlardan hech biri o‘z havo hududini buzib o‘tmagan, zarbalar esa 160 kilometrdan ortiq masofadan amalga oshirilgan.

Pokiston xavfsizlik xizmatining CNN bilan muloqot qilgan yuqori lavozimli manbasi 2019 yildan keyin har ikki tomon ham bir-birining havo hududlariga nisbatan ehtiyotkorona yondashishga o‘tganini ta’kidladi. 2019 yilda Pokiston tomonidan hindlarning MiG-21 rusumidagi qiruvchi samolyoti urib tushirilgan edi.

“Shundan beri hech qaysi tomon yana tahqirlanishni istamaydi”, – dedi manba.

Hozirgi jangda ham har ikki mamlakat o‘z havo hududida qolgan holda, uzoq masofadan “havo-havo” raketalari bilan bir-biriga zarba bergan. Bu holat ikki davlat o‘rtasidagi vaziyatning naqadar keskinligini va ehtiyotkorlik darajasining yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon
Dunyo Bugun, 05:08
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Italiyada A Seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi paytida ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali oqibatlarga
Dunyo Kecha, 23:34
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Kecha, 22:48
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShning shimoli-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘roni yopirilishi oqibatida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi, yana kamida 700 ta parvoz kechiktirildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Kecha, 22:11
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Kecha, 17:13