Bugun
Jasur Yaxshiboyev “Lokomotiv” tarkibidan tushib qoldi
+11°
переменная облачность ветер 1.6 м/с, С

Tramp Ukrainaga “iloji boricha ko‘proq hududni” qaytarib olishga yordam bermoqchi

Dunyo
107
Tramp Ukrainaga “iloji boricha ko‘proq hududni” qaytarib olishga yordam bermoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan tinchlik kelishuvi doirasida Ukraina «imkon qadar ko‘proq» hududlarni qaytarib olishi kerakligini ta’kidladi.

Biroq, siyosatchining fikriga ko‘ra, Kiyev NATOga a’zo bo‘lishga urinmasligi lozim, chunki bu «hammasining boshlanishiga sabab bo‘lgan», dedi Tramp.

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «juda aqlli inson» deb ta’rifladi, ammo shu bilan birga, Amerika siyosatchisi Rossiya yetakchisi «yon bosishga tayyor» ekanligiga ishonch bildirdi.

Kabinet yig‘ilishidagi chiqishida Tramp AQSH «har ikki taraf uchun eng yaxshi kelishuvni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini» ta’kidladi.

«Ukraina borasida esa – biz ularning imkoni boricha ko‘proq hududlarini qaytarib olishi uchun qattiq harakat qilamiz», – deb uning so‘zlarini OAV keltirdi.

Qaysi hududlar Ukrainaga qaytarilishi mumkinligi aniqlashtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, referendum natijalariga ko‘ra, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlari Rossiya tarkibiga kirgan.

Ukrainaning NATOga qo‘shilish istiqbollari haqida gapirar ekan, Tramp bu niyat kam samarali ekanini ta’kidladi.

«Men shunday deya olamanki, NATO haqida unutish mumkin. Menimcha, bu – ehtimol, barchasining boshlanishiga sabab bo‘lgan», – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng qiyin masala – tinchlik kelishuvi bo‘ladi, eng osoni esa Ukrainada tinchlikparvar kuchlarning mavjudligi haqida qaror chiqarishdir.

Tramp avval tinchlik kelishuviga erishishga imkon berishga chaqirdi, chunki «qolganini hal qilish ancha oson bo‘ladi». U Rossiya prezidenti bilan «bitim» tuzishni taklif qildi, ammo buga ishonch bildirmadi.

«Men buni kafolatlay olmayman – bitimlarda har doim kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin, ammo biz kelishuvga erishamiz, deb o‘ylayman», – dedi u va Putinning yon bosishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, Tramp Putinni «juda aqlli va juda ayyor inson» deb hisoblashini ta’kidladi. AQSH esa Kiyev, Moskva, Pekin va Yaqin Sharq davlatlari bilan «mukammal munosabatlar» o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasida esa, Tramp «avvalo kelishuv qanday tugalanishini ko‘rishni» xohlashini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Bugun, 22:48
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShning shimoli-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘roni yopirilishi oqibatida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi, yana kamida 700 ta parvoz kechiktirildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 22:11
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Bugun, 17:13
Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Bugun, 24-fevralga o‘tar kechasi Moskva shahridagi Savelovsk vokzal maydonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi
Dunyo Bugun, 16:34
Kim Chen In qizi harbiy rahbarlikda faol ishtiroqda
Kim Chen In qizi harbiy rahbarlikda faol ishtiroqda
Shimoliy Koreyada mamlakat rahbari Kim Chen Inning qizi davlat va harbiy tizimlarda faol ishtirok etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xorijiy axborot vositalarining xabar berishicha, 13 yoshli
Dunyo Bugun, 15:56