Bugun
Jasur Yaxshiboyev “Lokomotiv” tarkibidan tushib qoldi
+11°
переменная облачность ветер 1.6 м/с, С

Oq uydagi mojarodan so‘ng AQSH siyosatchilarining fikri ikkiga bo‘lindi»

Dunyo
113
Oq uydagi mojarodan so‘ng AQSH siyosatchilarining fikri ikkiga bo‘lindi»
Foto: Saul Loeb/AFP/Getty Images
28 fevral, juma kuni Vashingtonda AQSH prezidenti Donald Tramp va uning ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralar nodir metallar bo‘yicha kelishuv imzolash o‘rniga janjal bilan yakunlandi. AQSH Senati a’zolari va boshqa amerikalik siyosatchilar o‘rtasida bu boradagi fikrlar, asosan, partiyalar bo‘yicha ikkiga bo‘lindi.

Respublikachilar: "Amerika hammasidan ustun" tamoyili amalda

Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson shunday dedi: «Bugun biz Oval kabinetda Amerikani birinchi o‘ringa qo‘yadigan Amerika prezidentini ko‘rdik». «Amerikadan foydalanish va hurmatsizlik qilish mumkin bo‘lgan kunlar o‘tdi», dedi u.

Nufuzli respublikachi senator Lindsi Grem jurnalistlarga: «Oval kabinetda ko‘rganlarim hurmatsizlik edi va biz Zelenskiy bilan yana uchrashamizmi yoki yo‘qmi, bilmayman» dedi. Uning fikricha, Ukraina prezidenti yo «o‘zgarishi» yoki «iste’foga chiqib, Vashington «ishlay oladigan» odamni yuborishi kerak».

Ukraina SSRda tug‘ilgan va hozirda AQSH Senatida Indiana shtati vakili bo‘lgan Viktoriya Spars Zelenskiy «AQSH prezidenti va Amerika xalqini haqorat qilib, Ukraina xalqiga katta zarar yetkazdi» degan fikrni bildirdi. «Bu teatr sahnasi emas, balki haqiqiy urush», dedi respublikachi.

Shu partiyadan kongressmen Don Bekon esa boshqa pozitsiyani egalladi. «Ba’zilar haqiqatni yashirishni istaydi, lekin biz buni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Bu urushda Rossiya aybdor», — deydi respublikachi.

AQSH demokratlari: Moskva hozir bayramni nishonlamoqda

«Kremlda bayram nishonlanyapti», dedi Merilend shtatidan Senat a’zosi Kris Van Xollen muzokaralar yakunlarini sharhlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning «Zelenskiyni haqorat qilgani va yolg‘on va dezinformatsiyaga to‘la shou ko‘rsatishi» «hatto Putinning ham hijolat bo‘lishiga olib keladi» va «Amerika uchun sharmandalik» bo‘ldi.

«Biz Trampga tarixni qayta yozishga yoki o‘nlab yillik hamkorlikni (Ukraina bilan) yo‘q qilishga ruxsat bera olmaymiz», — dedi Senatdagi demokratlar yetakchisi Dik Durbin. U Zelenskiydan «samimiy kechirim so‘rashini» bildirdi.

Massachusets shtatidan demokrat senator Elizabet Uorrenning aytishicha, AQSHning amaldagi prezidenti «demokratiyaning yo‘q qilinishini siyosiy tomosha sifatida ko‘rib, Ukrainani bo‘rilarga tashlamoqda va Putinga yaxshilik qilmoqda».

Obama ma’muriyatida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan yana bir demokrat Ben Rods shunday dedi: «Tramp Qo‘shma Shtatlarni o‘ta o‘ng, avtoritar, qadrsiz oligarxiyaga aylantirmoqda, bu dunyo avtokratiyalari bilan chambarchas bog‘liq».

O‘xshash yangiliklar

Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon
Dunyo Bugun, 05:08
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Italiyada A Seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi paytida ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali oqibatlarga
Dunyo Kecha, 23:34
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Kecha, 22:48
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShning shimoli-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘roni yopirilishi oqibatida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi, yana kamida 700 ta parvoz kechiktirildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Kecha, 22:11
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Kecha, 17:13