Bugun
Jasur Yaxshiboyev “Lokomotiv” tarkibidan tushib qoldi
+11°
переменная облачность ветер 1.6 м/с, С

Ilon Mask o‘n to‘rtinchi marta ota bo‘ldi

Dunyo
121
Ilon Mask o‘n to‘rtinchi marta ota bo‘ldi
Foto: EPA
Milliarder Ilon Mask o‘n to‘rtinchi marta ota bo‘ldi. Farzandni biznesmen asos solgan Neuralink kompaniyasining maxsus loyihalar direktori 39 yoshli Shion Zilis dunyoga keltirdi. Mask u bilan allaqachon uch farzandni tarbiyalamoqda.

Zilis oilasi kengaygani haqida 28 fevral kuni X (Twitter) sahifasida e’lon qildi. Umuman olganda, juftlikning to‘rt farzandi bor: uch yoshli egizaklar Strayder va Azur, 12 oylik Arkadiya hamda yangi chaqaloq Seldon Likurg.

Egizaklar tug‘ilishidan oldin Maskning Zilis bilan munosabatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi. Garchi ayol bir necha yil davomida tadbirkor bilan birga ishlagan. U Neuralink kompaniyasida operatsiyalar va maxsus loyihalar bo‘yicha direktor bo‘lgan. Ushbu startap miyaga implantatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kompyuter chiplarini ishlab chiqaradi.

Ma’lumot o‘rnida, besh oy oldin Maskning 13-farzandi haqida xabarlar tarqalgan edi. Respublikachilar partiyasi muxlisi, 26 yoshli amerikalik yozuvchi Eshli Sent-Kler milliarderdan farzand ko‘rganini ma’lum qilgandi.

Mask hozirda to‘rt ayoldan kamida 14 farzandning otasi sanaladi. Uning kanadalik yozuvchi Jastin Mask bilan nikohidan tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandi chaqaloqlik paytida vafot etgan. Keyinchalik ular egizak va uch farzand ko‘rgan. Milliarderning xonanda Graymsdan yana uch farzandi bor. Ular orasida eng mashhur X Æ A-Xii bo‘lib, u Oq uyda ham ko‘rinish bergandi.

Maskning o‘zi bir necha bor “demografik inqiroz”ga qarshi kurashni o‘z vazifasi deb bilishini ta’kidlagan.

Aholi soni kamayishining oldini olish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilyapman, degan edi u suhbatlaridan birida.

O‘xshash yangiliklar

Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon
Dunyo Bugun, 05:08
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Italiyada A Seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi paytida ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali oqibatlarga
Dunyo Kecha, 23:34
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Kecha, 22:48
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShning shimoli-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘roni yopirilishi oqibatida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi, yana kamida 700 ta parvoz kechiktirildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Kecha, 22:11
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Kecha, 17:13