Bugun
Jasur Yaxshiboyev “Lokomotiv” tarkibidan tushib qoldi
+11°
переменная облачность ветер 1.6 м/с, С

AQSH Yevropadan 20 ming harbiysini olib chiqishi mumkin

Dunyo
94

AQSH Yevropadan 20 ming harbiysini olib chiqishi mumkin
Foto: AFP
Donald Tramp ma’muriyati sobiq prezident Jo Bayden tomonidan qo‘shimcha ravishda yuborilgan 20 ming harbiyni Yevropadan olib chiqishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Yanvar oyida ismi oshkor etilmagan yevropalik diplomat xuddi shunday ma’lumotlarni keltirgan edi. Fevral oyi o‘rtalarida AQSHning NATOdagi sobiq elchisi Juli Smit ham 20 ming amerikalik harbiyni olib chiqib ketish ehtimoli haqida gapirgan.

Pentagon rahbari Pit Xegset 14 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi chog‘ida “Amerikaning (Yevropadagi) ishtiroki abadiy davom etadi”, deb o‘ylamaslikka chaqirgan edi. Shunga qaramay, u Yevropa qo‘shinlarining qit’adagi darajasi muhimligini ta’kidlagan.

The New York Times gazetasi yozishicha, Yevropa Ittifoqi rasmiylari Xegset bilan uchrashuvdan so‘ng AQSHning o‘n minglab harbiylari Yevropadan chiqib ketishini kuta boshlagan. Yevropa yetakchilari agar Amerika kontingentining qisqarishi haqiqatan ham sodir bo‘lsa, bu Vashington va Moskva o‘rtasidagi muzokaralar natijasi bo‘lmasligiga kafolat olishni xohlaydi.

Trampning Rossiya bilan yaqinlashishga intilishi Yevropa davlatlarini tashvishga solmoqda. Ular Vashington Moskvaning NATOni Sharqiy Yevropadan chekinishga majburlash talabini qabul qilib, Rossiya qo‘shni davlatlarini zaif holatda qoldirishidan xavotirda. Bu esa Yevropaning o‘z mudofaasini mustahkamlashga ulgurmasidan yuz berishi mumkin.

Yevropadagi AQSH qo‘shinlari soni 2022 yildan beri 75 mingdan 105 ming kishigacha bo‘lgan, ulardan 63 mingga yaqini doimiy ravishda mintaqada joylashgan. Ularning eng ko‘pi Germaniyada to‘plangan (qariyb 35 ming).

1950-1990 yillarda AQSHning Yevropadagi harbiylari soni 200-400 ming kishidan oshgan. Amerika harbiy bazalari Germaniya, Italiya, Ispaniya, Britaniya, Polsha, Ruminiya, Bolgariya, Boltiqbo‘yi va boshqa Yevropa davlatlarida mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon
Dunyo Bugun, 05:08
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Italiyada A Seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi paytida ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali oqibatlarga
Dunyo Kecha, 23:34
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Kecha, 22:48
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShning shimoli-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘roni yopirilishi oqibatida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi, yana kamida 700 ta parvoz kechiktirildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Kecha, 22:11
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Kecha, 17:13