O‘zbekistonda qancha miqdorda soliq qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilindi

Iqtisodiyot
137

O‘zbekistonda qancha miqdorda soliq qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda to‘lanmagan soliqlar miqdori 8,5 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda 1 aprel kuni Toshkent shahrida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda muddati o‘tgan soliq qarzlari 10 foizdan oshmaydi.

“Bugungi kunda 8,5 trillion so‘mlik to‘lanmagan soliqlar mavjud. Mart oyida birinchi marta qarzlar 140 milliard so‘mga kamaytirildi. Umuman olganda, 2024 yilda soliq qarzdorligi ma’lum darajada oshdi, ammo biz buni nazorat ostiga olish va 2025 yilda 10 foizdan oshirmaslik bo‘yicha qat’iy rejalar tuzganmiz”, — dedi qo‘mita vakili.

Ishlab chiqarish va qurilish sohalaridagi qarzdorlik

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 100 million so‘mdan yuqori soliq qarziga ega bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari soni 978 tani tashkil etadi. Ularning umumiy qarzi 1,3 trillion so‘mdan oshadi. Shuningdek, ushbu qarzning 385,5 milliard so‘mi (28,2 foizi) faqatgina 10 ta yirik korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Qurilish sohasida ham vaziyat shunga o‘xshash. 100 million so‘mdan yuqori soliq qarziga ega bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1091 tani tashkil etadi. Ularning umumiy qarzi 1,1 trillion so‘mdan oshgan. Buning 506,1 milliard so‘mi (42,7 foizi) esa eng yirik 10 ta korxona zimmasiga tushadi.

Jismoniy shaxslar va xodimlar qarzdorligi

2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatdagi 129 099 ta tashkilotning 441,2 mingdan ziyod xodimida 337,9 milliard so‘m miqdorida to‘lanmagan soliq qarzi mavjud.

Shu jumladan:

  • Yer solig‘i – 210,1 milliard so‘m;
  • Mol-mulk solig‘i – 127,8 milliard so‘m.


Shundan:

  • 62,4 milliard so‘m davlat budjet tashkilotlari xodimlariga,
  • 10,3 milliard so‘m nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlariga,
  • 265,2 milliard so‘m esa tijorat tashkilotlari xodimlariga to‘g‘ri keladi.


Soliq qo‘mitasi qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni rejalashtirgan.

O‘xshash yangiliklar

Markaziy bank yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
Markaziy bank yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 25 mart kuni amal qiladigan yangi valyuta kurslarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu kun xalqaro moliya bozorida muhim
Iqtisodiyot Bugun, 16:46
O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati rekord darajaga yetdi
O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati rekord darajaga yetdi
2026 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati 67,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich yil boshidagi 55,1 milliard dollarga nisbatan
Iqtisodiyot Bugun, 13:58
Dollar kursi martda 7 8 so‘mga qimmatlashadi banklar kursi farqlari
Dollar kursi martda 7 8 so‘mga qimmatlashadi banklar kursi farqlari
O‘zbekiston Respublikasida 2026 yil 25 mart kuni Amerika dollari kursi 7-8 so‘mga qimmatlashishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu o‘zgarish valyuta bozoridagi talab va taklifning
Iqtisodiyot Bugun, 11:58
Oltin narxlari pasaydi banklarda sotuv boshlandi
Oltin narxlari pasaydi banklarda sotuv boshlandi
O‘zbekiston Markaziy Banki 24 mart kuni o‘lchovli oltin quymalarining sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 1 gram oltin narxi oldingi ko‘rsatkichga
Iqtisodiyot Bugun, 10:52
Erondagi keskinlik jahon bozorlarida narxlarni oshirdi
Erondagi keskinlik jahon bozorlarida narxlarni oshirdi
Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroil o'rtasida Eron hududidagi vaziyat keskinlashgach, jahon bozorlarida turli xil mahsulotlarning narxlari tez sur'atlar bilan oshmoqda. Bu haqda
Iqtisodiyot Bugun, 00:01
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
O'zbekistonda fuqarolarning bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilayotgan Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iqtisodiyot 12:46, 21-03-2026