Bugun
Ichki ishlar talablariga bo‘ysunmaslik qattiq jazolanadi
+23°
ясно ветер 1 м/с, С

Prezident: "Eskirgan standart va sertifikat tizimi tadbirkorlarning qo‘lini bog‘lamoqda"

Iqtisodiyot
103

Prezident: "Eskirgan standart va sertifikat tizimi tadbirkorlarning qo‘lini bog‘lamoqda"
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi muammolar keskin tanqid qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 25 mingdan ortiq standart hamda 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga javob bermaydi. Shu bilan birga, 13 mingga yaqin mahsulot turidan qariyb yarmi – 6,5 mingi majburiy sertifikatlanishi mahsulot tannarxini oshirib, tadbirkorlarga qo‘shimcha yuk bo‘lmoqda.

"Vazirlar, hokimlar qachon tadbirkorlarning dardini eshitib, qaysi standartlarni o‘zgartirish yoki bekor qilishni, qaysi mahsulotlarni sertifikat talabidan chiqarishni o‘ylab ko‘rdi? Afsuski, hech qachon!" – deya qattiq tanqid qildi prezident.

Xususan, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ham sanitar-epidemiologik xulosalar tizimidan shikoyat qilmoqda. Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import qilinayotgan bo‘lsa-da, zamonaviy zavod qurgan tadbirkor sanitar xulosa yo‘qligi sabab ishni boshlay olmayapti.

Prezident shu kabi holatlarda Sanepidqo‘m tizimining o‘z tashabbusi bilan standartlar ishlab chiqishi lozimligini aytdi. Shu bilan birga, bitta mahsulotning har xil qadoqlanishi uchun alohida tekshiruv talab qilish kabi byurokratiyani bekor qilishni talab qildi.

Laboratoriya tizimining zaifligi ham alohida tanqid qilindi. Masalan, mineral suvni sertifikatlash uchun tadbirkorlar ikki xil laboratoriyaga borishga majbur. Bu esa vaqt va mablag‘ni befoyda sarf qilish demakdir. Prezident tekshiruvlarni bitta joyda jamlashni topshirdi.

Shuningdek, prezident tibbiy uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidagi byurokratiyani keskin tanqid qildi. "Oddiy termometrdan tortib, MRT qurilmasigacha 4-5 oy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerakmi? Bu noto‘g‘ri yondashuv", – dedi davlat rahbari.

Prezident tizimni takomillashtirish bo‘yicha bir nechta muhim choralarni belgilanganini e’lon qildi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish Sanepidqo‘m tizimiga topshiriladi;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;
  • Asosiy mahsulotlar sanitariya qoidalari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
  • Xavfi yuqori bo‘lgan 7 ta tovar guruhini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi;
  • Majburiy sertifikatlash ro‘yxati keskin qisqartiriladi, deklaratsiyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


Shuningdek, prezident eksportga cheklovlarni ham bekor qilishni ma’lum qildi. Faqat ijtimoiy ahamiyatli 86 tovar guruhiga eksport bojlari joriy etiladi. Bu orqali tadbirkorlarga tashqi bozorga chiqish va raqobat qilish imkoniyatlari yaratiladi.

"Biz tadbirkorlarga yo‘l ochishimiz, ishlab chiqarishni oshirishimiz, qimmat bozorlarga chiqish imkonini berishimiz zarur. Shunda tadbirkorda ishtiyoq ham, manfaat ham bo‘ladi", – dedi prezident.

[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro
Sport 16:11, 21-05-2025