Bugun
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
+14°
облачно с прояснениями ветер 1.9 м/с, СЗ

O‘zbekiston sutchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiradi

Iqtisodiyot
26

O‘zbekiston sutchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yanada rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, loyihaning asosiy maqsadlari va vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 320 ta mahallada sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan 100 ta zamonaviy sut yig‘ish punktini tashkil etish;
  • 865 nafar aholi va dehqon xo‘jaliklariga sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va ularning modernizatsiyasi uchun har biriga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minlash;
  • Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va sotib oluvchilarni birlashtiruvchi innovatsion Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini yaratish va ishga tushirish.


Ushbu loyiha 7 yil davomida (2025–2031 yillar) amalga oshiriladi va mazkur sa’y-harakatlar natijasida mamlakat sutchilik sohasi yangi bosqichga ko‘tarilib, aholi bandligi, daromadlari hamda sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bu loyiha sutchilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy sut mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyida 1 AQSH dollari o‘zbek so‘miga nisbatan 62,53
Iqtisodiyot Bugun, 11:58
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan haftalik tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyining navbatdagi ish haftasida 1 AQSH
Iqtisodiyot Bugun, 10:50
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumanida joylashgan “Surkhon Sandwich” korxonasining bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi faoliyati bilan
Iqtisodiyot 18:52, 27-02-2026
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 2-mart sanasi uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18
Iqtisodiyot 16:47, 27-02-2026
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekiston Markaziy Banki 27-fevral sanasiga mo‘ljallangan o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi avvalgi
Iqtisodiyot 12:51, 27-02-2026
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
2-mart kuni amal qiladigan dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda mutaxassislar prognoz bermoqda. Hozirda banklarda dollarni sotish bo‘yicha eng yaxshi
Iqtisodiyot 11:32, 27-02-2026