Bugun
Intel kelasi oy yangi professional grafik kartalarini taqdim etadi
+14°
ясно ветер 2.3 м/с, С

Internetda endi onlayn kurslarni faqat tadbirkorlar oʻtkazishi mumkin

Oʻzbekiston
143
Internetda endi onlayn kurslarni faqat tadbirkorlar oʻtkazishi mumkin
Hukumat qarori bilan «Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Ma'rifiy faoliyat – insonni shaxsiy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur koʻnikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblandi.

Nizom ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi va shakllarini belgilaydi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

- ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

- ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish shakllari (ma'ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, lektsiya, marafon, davra suhbatlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pulli yoki bepul);

- ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, ushbu faoliyat tinglovchilari orasida voyaga etmagan shaxs mavjud boʻlsa, majburiy tartibda ma'rifiy faoliyat dasturini ishlab chiqish talabi;

- ma'rifiy faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va ma'rifiy faoliyatni amalga oshirishda taqiqlanadigan xatti-harakatlar.

Ma'rifiy faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib shugʻullanish mumkin.

Ma'rifiy faoliyat bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga muvofiq pulli asosda shugʻullaniladi.

14 yoshdan kichik shaxslarning ma'rifiy faoliyat tadbirlarida tinglovchi sifatida ishtirok etishlariga ularning ota-onasi (qonuniy vakillari) yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

O‘xshash yangiliklar

Samarqand Registoni dunyoning eng gozal maskanlari ro'yxatiga kirdi
Samarqand Registoni dunyoning eng gozal maskanlari ro'yxatiga kirdi
Dunyoni aylanib chiqadigan mashhur Time Out nashri 2026 yil uchun eng gozal maskanlar ro'yxatini e'lon qildi va unda O'zbekistonning Samarqand shahridagi Registon maydoni ham
Oʻzbekiston Bugun, 18:25
Toshkentda yangi avlod aqlli bekatlar o'rnatish boshlandi
Toshkentda yangi avlod aqlli bekatlar o'rnatish boshlandi
Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanishni yanada qulay va zamonaviy qilish maqsadida poytaxt ko'chalariga yangi avlodga mansub aqlli bekatlar o'rnatish ishlari boshlandi. Bu
Oʻzbekiston Bugun, 17:49
Finlyandiya dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi
Finlyandiya dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi
Finlyandiya ketma-ket to‘qqizinchi marta dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Markaziy Osiyoda esa bunday maqomga Qozog‘iston erishdi. Bu haqda davlatlarning
Oʻzbekiston Bugun, 17:18
O'zbekistonda 21 martda ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi
O'zbekistonda 21 martda ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi
O'zbekiston Respublikasi bo'ylab 21 mart kuni ob-havo sharoiti o'zgaruvchan bo'ladi va bu kun davomida ayrim hududlarda qisqa muddatli yog'ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu
Oʻzbekiston Bugun, 13:45
O'zbekistonda xizmat ko'rsatish sohasi yigirma yetti foizga oshdi
O'zbekistonda xizmat ko'rsatish sohasi yigirma yetti foizga oshdi
Yuz yilning boshidan O'zbekiston hududida xizmat ko'rsatish sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, 2026 yilning yanvar oyida mamlakat bo'ylab yashash va
Oʻzbekiston Bugun, 10:42
O'zbekistonda yetmish yoshdan oshgan erkaklar ham ota bo'lmoqda
O'zbekistonda yetmish yoshdan oshgan erkaklar ham ota bo'lmoqda
Milliy statistika qo'mitasi tomonidan e'lon qilingan yangi ma'lumotlar O'zbekiston demografiyasidagi qiziqarli o'zgarishlarni ko'rsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Bugun, 10:39