Bugun
Federiko Valverde Karlo Anchelottiga minnatdorligini bildirdi
+24°
пасмурно ветер 2.8 м/с, З

Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo boʻladi?

Oʻzbekiston
163
Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo boʻladi?
Ushbu haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari ta'siri ostida boʻladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.

13 fevralda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda, shuningdek, Oʻzbekistonning choʻl hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 14 fevralda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat eng chekka janubda ba'zi joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻoldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Havo harorati 10—11 fevralda kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda va choʻl hududlarda ba'zi joylarda 6-8 darajagacha sovuq boʻladi. 12 fevraldan harorat asta-sekin koʻtarila boshlaydi va 13—14 fevralga kelib, kunduzgi harorat 8-11 daraja iliqqacha, janubda 12-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Respublika boʻyicha ba'zi joylarga tuman tushadi.

Toshkentda 10 fevral kuni kechqurun bir oz qor yogʻishi mumkin. 11—12 fevralda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. 13 fevralda asosan yomgʻir koʻrinishidagi bir oz yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. 14 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduz kunlari 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq boʻladi, 12-14 fevralda 8-10 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Soliq qarzi va kreditlarni undirishda raqamli yondashuv joriy etildi
Soliq qarzi va kreditlarni undirishda raqamli yondashuv joriy etildi
O‘zbekistonda soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish jarayonida yangi va zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident farmoniga binoan, qarzdorning
Oʻzbekiston Kecha, 14:40
Sud ijrosi tizimida sun’iy intellekt joriy etiladi
Sud ijrosi tizimida sun’iy intellekt joriy etiladi
O‘zbekiston sud hujjatlarini ijro etish tizimida keng qamrovli raqamlashtirish ishlari boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu boradagi asosiy tashabbus 30 mart kuni imzolangan prezident
Oʻzbekiston Kecha, 13:43
Poyezd kechikishida yo‘lovchilarga pul kompensatsiyasi joriy etiladi
Poyezd kechikishida yo‘lovchilarga pul kompensatsiyasi joriy etiladi
O‘zbekistonda poyezdlarning harakati bilan bog‘liq yangi tartib joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu tartibga ko‘ra, agar poyezd tashuvchi tashkilot o‘z aybi bilan
Oʻzbekiston Kecha, 13:23
O‘zbekistonda avtomototransport guvohnomasi besh yillik muddatda beriladi
O‘zbekistonda avtomototransport guvohnomasi besh yillik muddatda beriladi
O‘zbekistonda avtomototransport vositasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma endilikda besh yillik amal qilish muddati bilan beriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda 30 mart
Oʻzbekiston Kecha, 12:47
O‘zbekistonda Toza havo loyihasi boshlanmoqda
O‘zbekistonda Toza havo loyihasi boshlanmoqda
O‘zbekistonda 2026–2030 yillar davomida amalga oshiriladigan «Toza havo» umummilliy loyihasi Prezidentning 25 mart kuni imzolagan farmoni bilan rasmiy ravishda yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Kecha, 12:29
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 767
Oʻzbekiston Kecha, 07:49