Bugun
Mbappe "Real Sosedad"ga qarshi o‘ynashga umid qilmoqda
+20°
ясно ветер 1 м/с, С

Aprel oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekiston
125
Aprel oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
Mart oyida qor ham yog‘di, anchagina issiq ob-havo ham, ketma-ket yomg‘irli kunlar ham bo‘ldi. Xo‘sh, dehqonlar apreldan qanday ob-havoni kutishlari mumkin? Sinoptiklar nima demoqda?

Sovuq kunlar tugadimi?

Mana bu karta 21-25 mart kunlari respublikada qancha yog‘ingarchilik tushganini ko‘rsatadi.

Respublika bo‘ylab 0 millimetrdan 70 millimetrgacha to‘rt kunlikda yog‘ingarchilik tushdi. Bir gektar maydonga qariyb 700 tonna suv tushgan hududlar ham bo‘ldi. Asosiy yog‘ingarchilik shimoliy hududlarimizda kuzatildi. Masalan, Xorazm viloyatining ayrim hududlarida 200 tonnaga yaqin, ya’ni 20 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lgan.

Prognozlarimizda biroz farqlanish mavjud edi: Buxoro viloyatida ko‘proq yog‘ingarchilik prognozlarini bergandik. Lekin Buxoroning asosiy qismlarida, aynan ushbu davrda, 0-5 millimetrga yaqin yog‘ingarchilik kuzatildi. Buxoroning g‘arbiy nuqtalarida esa yaxshigina yog‘ingarchilik tushdi. Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida ham ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi. Anomal yog‘ingarchiliklar Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqandning yarmi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududlarida kuzatildi.

Surxondaryoning katta hududlarida 40-50 millimetr, ya’ni 400-500 tonnaga yaqin (bir gektarga – tahr.) suv tushdi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat chigit, boshqa turdagi urug‘larini ekib, bemalol ko‘kartirib olish imkonini berdi. Qashqadaryoda ham xuddi shu manzaralar kuzatildi. Samarqandda, Jizzaxda va Toshkent viloyatining katta qismlarida 40-50 millimetrdan 60 millimetrgacha yog‘ingarchilik kuzatildi.

Farg‘ona viloyati hududlarida esa – kamroq. Prognozlarimizda ham 0-15 millimetr atrofida edi. Vodiyning sharqiy hududlarida 20 millimetrga yaqin ko‘proq yog‘ingarchilik bo‘ldi. Bu ko‘plab urug‘lar unishi uchun yetarli emas. Lekin yog‘ingarchilik hali davom etadi. Hozir biz 26 mart kunini ko‘rib turibmiz. 27-28 mart kunlarida ham bor, bu kunlarda vodiyning ayrim joylarida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ammo yog‘in quvvati o‘tib bo‘ldi. Endi ayrim hududlarda 20 foizgacha yog‘in kutilmalari mavjud.

Endi: "Ekish muddatiga bu yog‘ingarchilik qanday ta’sir qildi?" degan savol tug‘iladi. Buxoroda yog‘ingarchilik kam kuzatildi. Hozirgi ekish muddati shimoliy hududlarda, sal past harorat tufayli mos kelmayapti. Navro‘z uchun nisbatan ancha past harorat bilan yuzlashyapmiz. Haroratlarga keladigan bo‘lsak, kunlar asta-sekin isiydi. Yevropaning o‘rta va uzoq muddatli ob-havo prognoz modeli yetti kunlik prognozini taqdim etdi. Bu prognoz 28 martdan 4 aprelgacha bo‘lib, haroratlar sekin 20 darajadan 24, 28 va hatto 32 darajalargacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Aprel oylarining boshida respublikaning ko‘plab hududlarida haroratlar 30 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoli bor. Ayniqsa, 2-3 aprel kunlari issiq haroratlar kutilmoqda. Bu esa ekishning optimal muddatlarini belgilab, 25 apreldan keyin tuproq namligi sharoitidan kelib chiqib, dehqonlarimiz va fermerlarimiz urg‘ularni sekin ekishni boshlashlariga imkon beradi. Shimoliy hududlar uchun bu jarayon 3, 4, 5 aprel kunlariga taalluqlidir. Chunki 30 daraja haroratlar kuzatilishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida yog‘ingarchilikdan keyin bulutli jarayonlar kuzatiladi, bunda urug‘ ekish uchun optimal muddat 10 apreldan keyin hisoblanadi. Jahon meteorologik tashkiloti aprel, may va iyun oylari uchun harorat anomaliyasini bashorat qilishyapti.

Bu prognozga asosan, O‘zbekiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Eronning tog‘li qismlarida yog‘ingarchilik me’yorga nisbatan juda kam bo‘ladi. Shuningdek, Tojikiston va Qirg‘izistonda ham shunday. Bu, avvalgi dasturlarda aytganimizdek, La-Ninya davri ko‘rinishidir.

Iqlim prognozlari janubiy mintaqada, jumladan, Janubiy Osiyo, Hindiston va Pokistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilikning ko‘pligini va Avstraliya hamda Indoneziyaning ayrim hududlarida ham shunga o‘xshash holatni bashorat qilmoqdalar. Demak, aprel oyining birinchi haftasi quruq va issiq bo‘lib, yog‘ingarchilik deyarli kutilmaydi, ikkinchi haftada esa asta-sekin yog‘ingarchiliklar boshlanadi va me’yordan yuqori harorat kuzatiladi. Uchinchi haftada yana quruq va me’yordan yuqori haroratli bo‘ladi, ya’ni bir qator issiq to‘lqinlar kirib kelishi ehtimoli mavjud. Aprel oyining so‘nggi haftasida yana yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, lekin u qadar ko‘p emas. Aprel oyining boshida yoki ikkinchi o‘n kunliklardan boshlab sekin-asta ekish ishlarini boshlash mumkin.
  • Chigit ekish haqida gapirsak, kuzatuvchilarimiz e’tiroz bildirishmoqda: ular faqat chigit haqida gapirmay, boshqa ekinlar haqida ham ma’lumot berishimizni so‘rashmoqda.
  • Chigit ham o‘simlik, ekin ekish degani chigitni ham o‘z ichiga oladi. Tuproq haroratiga bog‘liq. Boshqa donli yoki poliz ekinlarida ham shu qoidalarni qo‘llash mumkin. Sovuq muhitga chidamli ekinlarni, masalan, no‘xat yoki kartoshka ekish mumkin. Boshqa ekin turlari, masalan, chigitga o‘xshash bo‘lgan ekinlar, parallel ravishda ekiladi.
  • Tinglovchilar savollarga muttasil javob berib borishimizni so‘rashyapti...
  • Biz bot ishlab chiqyapmiz va unga ma’lumotlar kiritishni tashkillashtirmoqdamiz. Prognozlarimiz o‘zini oqlashi va kutilmalarni bilishimiz uchun aholi yuboradigan ma’lumotlardan foydalanishimiz kerak. Prognozlar aytgan muddatda o‘zini namoyon etishi va effektini berishi kerak, degan mulohaza bilan bot yaratdik (Telegra bot manzili: @agro_meteo_bot). Bot faqat fermerlar uchun emas, balki dehqonlar va havaskor insonlar uchun ham moslashuvchan. Botga kirilgandan keyin, birinchi navbatda ekilgan jarayon rasmga tushirilishi talab etiladi. Ekilgan joyning tuproq holatini ko‘rish uchun rasm yuklanadi, keyin viloyat belgilanadi va tuman belgilanadi. So‘ngra, chigit yoki boshqa ekinlar belgilanadi. Keyingi bo‘limda ekin turlari haqida ma’lumotlar yoziladi. Telefon raqamlari yuklanadi va keyin jarayonlar davom ettiriladi.

Bizga u ma’lumot kelib tushadi va bundan keyingi tizimda biz olimlarimizni mana shu loyihaga jalb qilmoqchimiz. Barcha tadqiqotchilarimizni loyihaga taklif qilib qolamiz.

Kelgusida esa moliyalashtirish masalalari ko‘riladi. Chunki biz resurs safarbar qilmoqdamiz va fermerlarimizning ishini oson qilish uchun xizmat qilmoqdamiz.
  • Buni iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha bir bot deb tushunsak bo‘ladimi?
  • Iqlim bilan hisoblashib qishloq xo‘jaligini yuritish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini yechish. Hozirda bu tizim butun dunyoda rivojlangan mamlakatlarda mavjud va biz ham shu tizimni hozir ishlab chiqdik.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro
Sport 16:11, 21-05-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
Aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
2025 yilgi aprel quruq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi. O‘zbekistonda, odatda, aprel oyi – bahor faslining eng o‘rtasi bo‘lib, bunda bog‘larda daraxtlar
Oʻzbekiston 17:11, 27-03-2025