Bugun
Genich: “Arsenal” standartlardan samarali foydalanmoqda
+7°
пасмурно ветер 3.3 м/с, Ю

Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

Oʻzbekiston
49
Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlangan edi. Bosh rejaga ko‘ra, poytaxtimiz hududi 3 ta – konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratilgan.

Jumladan, renovatsiya zonasiga eski, kam qavatli uylar, shaharsozlik va zilzilabardoshlilik talablariga javob bermaydigan binolar kiritilgan. Ular bosqichma-bosqich bartaraf etilib, bo‘shatilgan hudud zamonaviy loyihalar asosida qaytadan qurilishi ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda shu boradagi rejalar haqida axborot berildi.

Qayd etilganidek, Bosh rejada 300 dan ortiq renovatsiya manzili belgilangan. 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda 65 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu orqali mazkur hududlar funsional jihatdan boyitiladi, aholi uchun sharoitlar yaxshilanadi, atrof obodonlashtiriladi. Natijada eski va zamonaviy mavzelar orasidagi tafovut bosqichma-bosqich qisqartirib boriladi hamda ular o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Binolar kam maydonda qurilib, mavjud daraxtlar saqlab qolinadi, yangi yashil hududlar barpo etiladi.

Davlat rahbari bu loyihalarning shahar arxitekturasi va infratuzilmasiga mosligini chuqur o‘rganish, geologik va seysmik tahlillar asosida xavfsizlik jihatidan takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Turar joylar maktab-bog‘cha kabi ijtimoiy muassasalar, dam olish sharoitlari bilan hamohang bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Shaharning “o‘pkasi” daraxtzorlar bo‘lsa, ariq va kanallar uning “qon tomiri”. Prezident ko‘rsatmasi bilan, yangi bosh rejada bu masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlarni 3 karra ko‘paytirib, 25 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan. Bu, o‘z navbatida, suv yo‘llarini yaxshilashni talab etadi.

Taqdimotda shahar irrigatsiya va drenaj tarmoqlarining yangi bosh reja bilan uyg‘unlashtirilgan tizimi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha 100 kilometr kanallar rekonstruksiya qilinib, atrofida sayilgohlar tashkil etiladi.

Turkiyaning Su-yapi engineering and consulting kompaniyasi bilan birga drenaj tarmoqlaridagi muammolar o‘rganilgan. Aerofoto, geodeziya va yog‘ingarchilik tahlili asosida bu tarmoqlarni yangilash bo‘yicha master-reja ishlab chiqilgan. O‘tgan yili 45 ta suv toshqini hududlari bartaraf etilgan. Bu yil yana 34 ta joyda shunday ishlar bajariladi.

Prezident bu ishlarni davom ettirib, qamrovini yana-da oshirish, shu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi. Davlat rahbariga Toshkent shahrida investitsiya loyihalarining holati haqida ham axborot berildi.

Poytaxtda umumiy qiymati 25 milliard dollarlik 717 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. 2025 yilda shundan 7 milliard 500 million dollari o‘zlashtirilib, 265 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Bularning natijasida turar joylar, savdo va ko‘ngilochar majmualar qurilib, sanoat korxonalari tashkil etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Prezident: Jinoyatchilik ildizini quritish zarur!
Prezident: Jinoyatchilik ildizini quritish zarur!
Prezident Shavkat Mirziyoyev narkojinoyatchilik va uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashda asosiy e’tibor narkotik moddalar tarqalishining manbasi va ularni moliyalayotgan homiylarga qaratilishi
Oʻzbekiston Bugun, 14:55
Shakar va meva konsentratlari boji bekor qilinishi taklif etildi
Shakar va meva konsentratlari boji bekor qilinishi taklif etildi
O‘zbekiston biznesi shakar va meva konsentratlari importi boji bekor qilinishini taklif qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 21-yanvar kuni tadbirkorlar va elchilar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq
Oʻzbekiston Bugun, 13:59
O‘zbekiston tibbiy turizm markaziga aylanmoqda
O‘zbekiston tibbiy turizm markaziga aylanmoqda
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga davolanish maqsadida 86 199 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich
Oʻzbekiston Bugun, 13:17
Shahrisabzda suv tanqisligiga qarshi sun’iy muzliklar qurildi
Shahrisabzda suv tanqisligiga qarshi sun’iy muzliklar qurildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanining Sarchashma mahallasida suv tanqisligini kamaytirish maqsadida yangi texnologik yechim joriy qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu hududda sun’iy
Oʻzbekiston Bugun, 12:57
Haj va Umra uchun yagona elektron tizim joriy etildi
Haj va Umra uchun yagona elektron tizim joriy etildi
O‘zbekistonda Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etishda yangi tartib joriy qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangilik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 24 yanvarda
Oʻzbekiston Bugun, 12:35
Yoshlar uchun ijtimoiy yordamga yangi tartib joriy etiladi
Yoshlar uchun ijtimoiy yordamga yangi tartib joriy etiladi
2026 yil 1 fevraldan boshlab «Yoshlar daftari» jamg‘armalari orqali yoshlar uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatishda yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endilikda bunday yordamlar
Oʻzbekiston Bugun, 10:41