Bugun
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
+10°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СЗ

Rossiyalik mashhur murabbiy O‘zbekiston terma jamoasi haqida nimalar dedi?

Sport
144
Rossiyalik mashhur murabbiy O‘zbekiston terma jamoasi haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichi yakunlanishiga ikki tur qolganda terma jamoamiz kelajagi futbolchilarimizning o‘z qo‘lida.

Bu bosqichda futbolchilarimiz sakkizta uchrashuvda 17 ochko jamg‘ardi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa qoidasiga ko‘ra, guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi. Keyingi ikkita terma jamoa saralash bellashuvlarini davom ettiradi.

Hozirgi holatda guruh peshqadami Eron yo‘llanmani naqd qilib bo‘ldi. O‘zbekiston eng yaqin ta’qibchisi Birlashgan Arab Amirliklarini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda. Qatar ikkinchi o‘ringa da’vogarlik qila olmaydigan bo‘ldi.

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan mundialga yo‘l olish uchun futbolchilarimiz keyingi uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklarida yutqazmasa bo‘ldi. Natija salbiy bo‘lgan taqdirda ham so‘nggi turda Toshkentda Qatarni yengib, maqsadga erishish imkoni bor.

O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida o‘ynashiga ishonayotganlar ko‘p. Xususan, Rossiya futboli tarixidagi eng zo‘r murabbiylardan biri Yuriy Syomin bu masala bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

- O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishga yaqin turganiga munosabatim juda yaxshi. Chunki u yerda bizning do‘stlarimiz bor. Bu mamlakat bizga yaqin. Ularga ofarin, jahon chempionatiga deyarli chiqib bo‘ldi, gruzinlar ham yo‘llanma olsa kerak. Ular qatoriga yana kimlardir qo‘shilishi mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida nima deya olaman? To‘g‘risi, O‘zbekiston jamoasini yaxshi bilmayman, bilganim – ularda Abbosbek Fayzullayev o‘ynaydi. Biz nazardan qochirgan Abduqodir Husanov borligini bilaman.

Rossiya jamoalaridan birorta mutaxassis Belarusda Husanovdek iqtidorli o‘yinchi o‘ynab yurganini aytmagani qiziq. Juda tushunarsiz holat. Angliya klublari nazariga tushgan o‘yinchini qanday qilib, sezmay qolish mumkin?

Eldor Shomurodov esa, Italiyada o‘ynayapti. Qarang, O‘zbekistonning qancha o‘yinchisi yaxshi jamoalarda to‘p tepmoqda.

Shuning uchun ham bu terma jamoa jahon chempionatiga chiqishga loyiq. Bu meni hayratga solgani yo‘q, - dedi Yuriy Syomin “VseProSport” nashriga bergan intervyusida.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasi masalasini iyun oyidagi FIFA kunlarida hal qiladi. Hamyurtlarimiz 5 iyun kuni safarda asosiy ta’qibchi – Birlashgan Arab Amirliklari mehmoni bo‘ladi.

Uchinchi saralash bosqichini Timur Kapadze shogirdlari 10 iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qilish orqali yakunlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23