Bugun
Mostovoy: Safonovning PSJdagi o‘yinini baholash qiyin
+6°
небольшая облачность ветер 2 м/с, В

PSJ finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum qilindi

Sport
86
PSJ finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum qilindi
Yevropa futbolidagi eng nufuzli musobaqa — UYEFA Chempionlar Ligasi 2024/25 mavsumi yakunlandi va g‘olib jamoa sifatida Parijning “PSJ” klubi tarixga muhrlandi. Kecha, 31 may kuni Myunxendagi “Allianz Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan finalda fransuzlar Italiya grandi “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Bu natija “PSJ” tarixidagi ilk YECHL tituli bo‘lib, jamoa nafaqat sport jihatdan, balki moliyaviy jihatdan ham katta muvaffaqiyatga erishdi.

Ushbu g‘alaba evaziga “PSJ” UYEFA tomonidan 25 million yevro mukofot puli bilan taqdirlandi. Ammo bu umumiy daromadning faqat bir qismi, xolos. Jamoaning turnir davomidagi ishtiroki, jamoaviy natijalari, g‘alabalari, translyatsiyalar va marketing shartnomalari orqali “PSJ” jami 146 million yevro daromad orttirdi.

UYEFA mukofotlar tizimidagi mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:
• Guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun — 2,1 million yevro
• Har bir durang uchun — 700 ming yevro
• 1/8 finalga chiqish — 12,5 million yevro
• Chorak final — 15 million yevro
• Yarim final — 18,5 million yevro
• Finalda g‘alaba — 25 million yevro

Bundan tashqari, UYEFA tomonidan taqdim etiladigan televizion translyatsiyalar va marketing daromadlari ham hisobga olinganda “PSJ”ning umumiy yutug‘i 146 million yevroga yetdi. Bu klub tarixidagi eng yuqori iqtisodiy natija sifatida qayd etilmoqda.

Mag‘lub bo‘lgan “Inter” ham katta daromad bilan musobaqani yakunladi

Finalda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, “Inter” turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirok evaziga 136,6 million yevro ishlab topdi. Ushbu summa klubning finalga chiqqani uchun olingan 15 million yevroni, shuningdek, avvalgi bosqichlarda qo‘lga kiritilgan barcha mukofotlarni o‘z ichiga oladi.

Eng ko‘p daromad topgan uchinchi klub — “Arsenal”

Londonning “Arsenal” klubi ham mavsumni moliyaviy jihatdan katta plyus bilan yakunladi. Jamoa umumiy 117 million yevro ishlab, turnirdagi eng ko‘p daromad olgan 3-klubga aylandi.

Shuningdek, “PSJ” UYEFA Superkubogi bahsida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yin Londonda bo‘lib o‘tadi va parijliklar bu bahs uchun yana 4 million yevro mukofotga ega bo‘ladi.

Zamin.uz tahririyati “PSJ” jamoasini ushbu tarixiy g‘alaba va moliyaviy muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. Chempionlar Ligasidagi ushbu mavsum nafaqat yorqin futbol sahnalari, balki rekord darajadagi daromadlar bilan ham yodda qoldi. Endi barcha futbol ishqibozlari keyingi mavsumni sabrsizlik bilan kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mostovoy: Safonovning PSJdagi o‘yinini baholash qiyin
Mostovoy: Safonovning PSJdagi o‘yinini baholash qiyin
Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, Safonov Parij klubida berilgan
Sport Bugun, 05:11
Futbolchilar maydonda chayqaning hayotini saqlab qoldi
Futbolchilar maydonda chayqaning hayotini saqlab qoldi
Turkiyada futbol uchrashuvi vaqtida g‘aroyib voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin
Sport Bugun, 04:34
Eranio: Rafael Leau yangi pozitsiyada samaraliroq o‘ynamoqda
Eranio: Rafael Leau yangi pozitsiyada samaraliroq o‘ynamoqda
"Milan" klubining sobiq yarim himoyachisi Stefano Eranio portugaliyalik futbolchi Rafael Leauning yangi pozitsiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 04:08
Manuel Noyer "Bavariya"ni tark etishi mumkin
Manuel Noyer "Bavariya"ni tark etishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" futbol klubi darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumki, mart oyida 40 yoshga to‘ladigan
Sport Bugun, 03:53
Sidni Lopesh Viniusius bilan futbolka almashishdan voz kechdi
Sidni Lopesh Viniusius bilan futbolka almashishdan voz kechdi
"Benfika" jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Sidni Lopesh Kabral Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Real" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng Viniusius Junior bilan
Sport Bugun, 03:37
Diego Kosta Simeone haqida ijobiy va tanqidiy fikr bildirdi
Diego Kosta Simeone haqida ijobiy va tanqidiy fikr bildirdi
Madridning "Atletiko" jamoasida o‘ynagan sobiq futbolchi Diego Kosta jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonening xarakteri va ish uslubi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 03:25