Bugun
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida K guruhida raqobatlashadi
+28°
переменная облачность ветер 2.8 м/с, СЗ

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi

Texnologiya
240

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi
AndroidInsider portali tahririyati "sifati narxiga yarasha" mezoni bo‘yicha 2025 yilning eng ishonchli smartfonlari ro‘yxati (top-5)ni tuzdi.

1-o‘rin: Samsung Galaxy S24 FE

Samsung Galaxy S24 FE
Ro‘yxat yetakchisi Samsung Galaxy S24 FE bo‘ldi. U flagmanlarga nisbatan arzon, ammo sifati ulardan qolishmaydi. Smartfon:

- Kuchli akkumulator;
- Suvdan himoya;
- Yorqin AMOLED-displey;
- One UI yetti yilgacha yangilanishi kafolatiga ega.

Yagona kamchilik sifatida Exynos protsessori ko‘rsatildi, lekin benchmark testlarida u yaxshi natijalar qayd etgan.

2-o‘rin: OnePlus Nord 4

OnePlus Nord 4
OnePlus Nord 4 smartfoni kuchli Snapdragon 7 Plus Gen 3 protsessorida ishlaydi va quyidagi afzalliklarga ega:

- 100 Vt tezkor quvvatlash;
- Metall korpus;
- OxygenOS 4 qobig‘i.

Kamchiligi – kamerasi o‘rtamiyona ekanligi.

3-o‘rin: iQOO Neo 10 5G

iQOO Neo 10 5G
iQOO Neo 10 5G kuchli uchlikni yopib berdi. Bu smartfon asosan o‘yinlar uchun moslashtirilgan:

- 6100 mAs akkumulator;
- 120 Vt tezkor quvvatlash;
- Snapdragon 8 Plus Gen 3 protsessori;
- 144 Gs yangilanish sur’atiga ega ekran;
- OriginOS 5 qobig‘i.

4-o‘rin: iPhone 15 Plus

iPhone 15 Plus
Apple kompaniyasining iPhone 15 Plus modeli ham ishonchlilik bo‘yicha yuqori o‘rinni egalladi. iOS ekotizimi uzoq muddatli yangilanishlar bilan ajralib turadi.

5-o‘rin: Oppo A60

Oppo A60 modeli esa bu reytingning beshinchi pog‘onasini band etdi. Smartfon iqtisodiy toifaga mansub bo‘lsa ham, ishonchli akkumulator va sifatli displey bilan jihozlangan.

Ushbu reyting 2025 yildagi eng ishonchli va narxiga yarasha munosib smartfonlarni aniqlab berdi. Samsung, OnePlus, iQOO, Apple va Oppo modellari sifat, avtonomlik va ishlash samaradorligi bo‘yicha o‘zini yaxshi namoyon etdi.

O‘xshash yangiliklar

Instagramda yangi pullik obuna xizmati sinovdan o'tkazilmoqda
Instagramda yangi pullik obuna xizmati sinovdan o'tkazilmoqda
Meta kompaniyasi dunyoning bir qator mamlakatlarida Instagram ijtimoiy tarmog'i uchun yangi pullik obuna xizmatini sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangi loyiha
Texnologiya Kecha, 18:36
Yangi dizaynda pauza tugmasi o'rniga ulashish tugmasi paydo bo'ladi
Yangi dizaynda pauza tugmasi o'rniga ulashish tugmasi paydo bo'ladi
Kompaniya o'zining video ko'rish dasturi uchun yangi va takomillashtirilgan dizaynni sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangilik doirasida, avvalgi
Texnologiya Kecha, 15:31
Rogbid Loop ekransiz sport bilaguzugining yangi imkoniyatlari
Rogbid Loop ekransiz sport bilaguzugining yangi imkoniyatlari
Tanish bo'lmagan Rogbid texnologik kompaniyasi Loop nomli yangi taqiladigan qurilmani ko'pchilikka tanishtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yangilik ekransiz sport bilaguzuklari
Texnologiya Kecha, 10:19
Windows 11 besh ming gigertsli ekranlarni ham qo'llab-quvvatlaydi
Windows 11 besh ming gigertsli ekranlarni ham qo'llab-quvvatlaydi
Yaqinda Microsoft kompaniyasi Windows 11 operatsion tizimi uchun muhim yangilanish chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu o'zgarish asosan juda yuqori tezlikdagi monitorlarni
Texnologiya Kecha, 09:18
Yaponiyada suniy aql asosida chaqaloq yig‘lashini aniqlovchi ilova yaratildi
Yaponiyada suniy aql asosida chaqaloq yig‘lashini aniqlovchi ilova yaratildi
Yaponiyada sun’iy aql asosida ishlovchi Awababy nomli ilova yaratildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ilova ota-onalarga chaqaloqning nima uchun yig‘layotganini aniqlashda yordam beradi.
Texnologiya 22:43, 30-03-2026
OpenAI Sora loyihasini past talab va yuqori xarajatlar tufayli to'xtatdi
OpenAI Sora loyihasini past talab va yuqori xarajatlar tufayli to'xtatdi
OpenAI kompaniyasining sun'iy intellekt yordamida video yaratadigan Sora dasturi faoliyatini to'xtatganligi haqidagi yangiliklar ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Bu
Texnologiya 10:03, 30-03-2026