Bugun
Markaziy bank valyuta kurslarida pasayish e'lon qildi
+10°
пасмурно ветер 0.8 м/с, ЮВ

Uitkoff: Trampga o‘q uzilganda Putin uning haqiga duo qilgan

Dunyo
135
Uitkoff: Trampga o‘q uzilganda Putin uning haqiga duo qilgan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Trampga uning portretini sovg‘a qildi va suiqasd uyushtirilganda haqiga duo qilganini aytdi. Bu haqda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida Uitkoff Putinni yomon odam deb hisoblamasligini ta’kidladi. Uning fikricha, urushga faqat bir kishi emas, balki bir qancha omillar sabab bo‘lgan.

Uitkoffning eslashicha, Rossiyaga ikkinchi tashrifi «shaxsiy darajada» bo‘lgan, chunki uchrashuv chog‘ida Putin unga rossiyalik rassom tomonidan chizilgan Tramp portretini topshirgan va uni Amerika prezidentiga yetkazishni so‘ragan. Bundan tashqari, Putin suiqasd uyushtirilganda Tramp uchun duo qilganini aytgan.

«U AQSH prezidenti bo‘lgani yoki bo‘lishi mumkinligi uchun emas, balki uning do‘sti bo‘lgani uchun haqiga duo qildi. U do‘sti uchun duo qildi... Uyga qaytgach, bu xabarni prezidentga yetkazdim va portretni berdim. Shubhasiz, bu unga ta’sir qildi», dedi Uitkoff.

Maxsus vakilning aytishicha, bu «mehrli ishora» Tramp va Putin o‘rtasidagi «aloqa»ni tikladi.

O‘xshash yangiliklar

Trampning Eron haqidagi bayonoti keskinlikni oshirdi
Trampning Eron haqidagi bayonoti keskinlikni oshirdi
AQSH prezidenti Donald Trampning Eron haqida bergan so‘nggi bayonoti xalqaro maydonda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron unga qarshi ikki
Dunyo Bugun, 21:35
Eron Isroilga qarshi "Xaybar" raketalarini ishga soldi
Eron Isroilga qarshi "Xaybar" raketalarini ishga soldi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) o‘zining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi orqali "Xaybar" turidagi raketalar qo‘llanilgan "o‘ninchi to‘lqin" hujumlari haqida
Dunyo Bugun, 18:32
Eron Xomanaiy vafoti ortidan muvaqqat kengash boshqaruvda
Eron Xomanaiy vafoti ortidan muvaqqat kengash boshqaruvda
Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy vafotidan so'ng mamlakat boshqaruvi qanday amalga oshirilishi haqida ma'lumot berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eronning
Dunyo Bugun, 17:44
Eron hujumlarida qurbonlar soni 555 kishiga yetdi
Eron hujumlarida qurbonlar soni 555 kishiga yetdi
Isroil va AQShning qo‘shma harbiy amaliyoti boshlanganidan beri Eronda halok bo‘lganlar soni 555 kishiga yetganini Eron Qizil Yarim Oy jamiyati xabar qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bayonotda
Dunyo Bugun, 17:34
Xitoy Eron yetakchisiga hujumni keskin qoraladi
Xitoy Eron yetakchisiga hujumni keskin qoraladi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning qasddan o‘ldirilishi holatiga keskin munosabat bildirdi va mintaqadagi harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 16:57
AQSH va Isroil hujumlari Eronda 170 o‘limga sabab bo‘ldi
AQSH va Isroil hujumlari Eronda 170 o‘limga sabab bo‘ldi
AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida Eronda 170 nafar o‘quvchi va pedagog halok bo‘lgani ma'lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Fars axborot agentligi
Dunyo Bugun, 16:08