Bugun
Anchelotti Neymarni terma jamoaga chaqirmaslikka qaror qildi
+11°
переменная облачность ветер 1.6 м/с, С

Pekinda odamlar va robotlar o‘rtasidagi ilk marafon bo‘lib o‘tdi

Dunyo
107

Pekinda odamlar va robotlar o‘rtasidagi ilk marafon bo‘lib o‘tdi
Xitoyning poytaxti Pekin shahrida ilk bor yarim marafon o‘tkazildi va tarixda birinchi marta odamlar robotlar bilan raqobatlashdi. The Global Times nashrining xabar berishicha, musobaqada ishtirok etgan robotlar orasida Tiyen Kung Ultra nomi bilan mashhur bo‘lgan odamsimon robot birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Marafonda 12 mingga yaqin odam va 20 ta robot qatnashdi. Milliy robototexnika markazi tomonidan yaratilgan Tiyen Kung Ultra marrani 2 soat 40 daqiqada bosib o‘tdi. Bu orada erkaklar o‘rtasidagi eng yaxshi natija 1 soat 2 daqiqa, ayollar o‘rtasida esa 1 soat 11 daqiqani tashkil etdi.

Qizig‘i shundaki, robotlarga ham insonlar kabi yo‘lda dam olish imkoniyati berildi. Odamlar dam olib, suv ichish uchun to‘xtaganda, robotlarning akkumulatorlari o‘zgartirildi, deb qayd etadi CNN.

Nashrning ta’kidlashicha, Tiyen Kung Ultra marafonni charchoq alomatlarini ko‘rsatmasdan yakunlagan. Musobaqa yakunida ko‘plab marafon ishtirokchilari robot-g‘olib atrofiga yig‘ilib, xotira uchun suratga tushishgan.

O‘xshash yangiliklar

Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon
Dunyo Bugun, 05:08
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Futbol bahsi oilaviy mojaro va pichoqbozlikka aylandi
Joriy yilning 22-fevral kuni Italiyada A Seriyasi doirasida "Atalanta" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi paytida ro‘y bergan oilaviy janjal fojiali oqibatlarga
Dunyo Kecha, 23:34
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri xavfsizlik tahdidi sabab evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Kanberra shahridagi rasmiy qarorgohidan xavfsizlikka doir jiddiy tahdid sababli shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 23:17
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar
Dunyo Kecha, 22:48
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShda kuchli qor bo‘roni: 2 ming reys bekor qilindi
AQShning shimoli-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘roni yopirilishi oqibatida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi, yana kamida 700 ta parvoz kechiktirildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Kecha, 22:11
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Kecha, 17:13