Bugun
Kerrik: Hujumda aniqlik yetishmadi, lekin o‘smoqdamiz
+14°
пасмурно ветер 2 м/с, В

Quyoshdagi ulkan teshik tufayli Yerda kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

Dunyo
164

Quyoshdagi ulkan teshik tufayli Yerda kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda
Quyoshda yuzaga kelgan katta koronal teshik tufayli yaqin kunlarda Yer magnitosferasida jiddiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti va Quyosh—Yer fizikasi sohasidagi mutaxassislar ma’lum qildi.

Faollik qachon boshlanadi?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yerdagi geomagnit fonidagi barqarorlik 21 aprelgacha saqlanib turadi. Biroq dushanba, ya’ni 22 aprel kuni kechqurundan faollik shiddat bilan ortadi.

Aynan shu vaqtdan boshlab Yer atmosferasiga kuchli magnit bo‘roni yopirilib kirishi kutilmoqda. Olimlar bunday faollik yuz berish ehtimolini 80 foizgacha baholamoqda.

Qaysi kunlarda eng shiddatli bo‘ladi?

Magnit g‘alayonlarining eng yuqori darajasi 23 va 24 aprel kunlariga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda G2 darajasidagi kuchli geomagnit zarbalar kuzatilishi mumkin. Faqat 25–29 aprel oralig‘idagina magnit maydoni barqaror holatga qaytishi taxmin qilinmoqda.

Bo‘ron taxminan ikki kun davom etishi mumkin. Uning birinchi belgilari 21 aprel soat 14:00 dan keyin kuzatiladi. Kuchli geofizik ta’sir 22 va 23 aprel davomida saqlanishi, faqat 24 aprel kechki soat 21:00 dan keyin tinchlanishi mumkin.

Shu bilan birga, olimlar hushyorlikka chaqirmoqda: koronal teshiklar ba’zan kutilmagan qo‘shimcha bo‘ronlarga sabab bo‘lishi va ularning davomiyligi taxmindan uzoqroq bo‘lishi mumkin.

Magnit bo‘ronida o‘zingizni qanday asrash kerak?

Tibbiyot mutaxassislari bunday kunlarda quyidagilarga amal qilishni tavsiya etmoqda:

  • Uyqu tartibini buzmaslik, yorug‘ va tinch muhitda yetarlicha uxlash;
  • Spirtli ichimliklar va yog‘li taomlardan uzoqlashish;
  • Kun davomida ko‘p suv ichish — bu organizmning barqaror ishlashini ta’minlaydi;
  • Ochiq havoda sayr qilish, yengil jismoniy faollik bilan tanani faol holatda ushlab turish;
  • Agar zarur bo‘lsa, shifokor maslahatiga ko‘ra yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlovchi dorilar qabul qilish.


Shuningdek, asab tizimiga ortiqcha zo‘riqish berishdan saqlanish, stressni kamaytirish ham juda muhim.

Bu birinchi marta emas

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham Yer magnitosferasiga kuchli geomagnit zarbalar ta’sir ko‘rsatgan, ba’zi odamlarda bosh og‘rig‘i, asabiylik, uyqusizlik va umumiy charchoq kuzatilgan.

Siz bu kabi magnit bo‘ronlarini sezasizmi? Tanangiz qanday reaksiya qiladi? Misollaringizni sharhda qoldiring!

O‘xshash yangiliklar

Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Zelenskiy boshpanasi: yer osti kadrlar tarqaldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tegishli yer osti boshpanasi haqidagi kadrlar internetda tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlar va videolarni ukrainalik “Strana.ua” nashri
Dunyo Bugun, 17:13
Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Bugun, 24-fevralga o‘tar kechasi Moskva shahridagi Savelovsk vokzal maydonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi
Dunyo Bugun, 16:34
Kim Chen In qizi harbiy rahbarlikda faol ishtiroqda
Kim Chen In qizi harbiy rahbarlikda faol ishtiroqda
Shimoliy Koreyada mamlakat rahbari Kim Chen Inning qizi davlat va harbiy tizimlarda faol ishtirok etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xorijiy axborot vositalarining xabar berishicha, 13 yoshli
Dunyo Bugun, 15:56
O‘zbekiston va Rossiyada qo‘ng‘izlarning 7 yangi turi aniqlandi
O‘zbekiston va Rossiyada qo‘ng‘izlarning 7 yangi turi aniqlandi
O‘zbekiston va Rossiya olimlari hamkorlikda qo‘ng‘izlarning 7 ta yangi turini aniqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ilmiy izlanishlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi va bir nechta
Dunyo Bugun, 15:31
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga diniy ruxsat berildi
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga diniy ruxsat berildi
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga ayol bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha diniy ruxsat berilgani haqida bayonot e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Afg‘oniston Aloqa vaziri Hamdulla
Dunyo Bugun, 14:56
Germaniya Ukrainada tinchlik uchun muzokaraga tayyor
Germaniya Ukrainada tinchlik uchun muzokaraga tayyor
Berlinda o‘tkazilgan Cafe Kyiv Ukraina forumi doirasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Ukrainada barqaror tinchlikka erishish maqsadida Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekanini
Dunyo Bugun, 14:27