Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 30 yanvar
+1°
ясно ветер 1.1 м/с, СВ

Tramp Falastin davlatini tan olish arafasida — Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanati o‘zgaradimi?

Dunyo
70
Tramp Falastin davlatini tan olish arafasida — Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanati o‘zgaradimi?
AQSH prezidenti Donald Trampning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlar xalqaro siyosiy muhitda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri Ko‘rfaz mamlakatlaridagi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ushbu qarorni may oyi o‘rtasida Yaqin Sharqqa rejalashtirilgan tashrifi chog‘ida, xususan Saudiya Arabistoni poytaxti Riyoz shahrida o‘tadigan sammitda e’lon qilishi mumkin. Sammit doirasida u Ko‘rfaz arab davlatlari yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

“Ibrohim kelishuvlari”ga yangi to‘lqin keladimi?

“The Jerusalem Post” manbasi ta’kidlashicha, agar AQSH Falastin davlatini rasman tan olsa, bu qaror Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini jiddiy o‘zgartiradi, shuningdek, “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shiladigan davlatlar sonini ham oshiradi.

Bu faqat diplomatik qadam emas — balki AQSHning mintaqadagi strategik manfaatlariga qayta qarash bo‘lishi ham mumkin.

BMT rezolyutsiyalari va xalqaro huquq

Falastinni davlat sifatida tani olish masalasi BMT rezolyutsiyalari va xalqaro huquq hujjatlarida ko‘p yillardan buyon o‘z aksini topgan. Biroq Isroil ma’muriyati bunga doimo keskin qarshi chiqqan.

Jumladan, 2024 yil 18 iyul kuni Isroil parlamenti Knessetda Falastin davlatini tuzishni rad etuvchi qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan. Bu qaror xalqaro maydonda jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa bu qarorga qarshi chiqib, ikki davlat yechimi — 1967 yilgi chegaralar asosida, poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishni barqarorlik uchun yagona oqilona yo‘l, deb ta’kidladi.

Makron ham Falastinni tan olishni rejalashtirmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham yaqinda rasmiy Parijning yaqin vaqt ichida Falastinni tan olishga tayyorlanayotganini bildirgan. Bu Yevropadagi pozitsiya o‘zgarishidan dalolat beradi.

AQSHning ikkilanuvchi siyosati

Ta’kidlash joizki, shu paytgacha AQSH rasman ikki davlat tamoyili asosida nizoni hal etishni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirib kelgan. Biroq amaliy siyosatda Vashington ko‘p holatlarda Tel-Avivning Falastinga qarshi pozitsiyalarini himoya qilgan.

Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lish harakatlari ham aynan AQSH qarshiligi sabab bir necha marta to‘xtatilgan. Xususan, 2024 yil aprel oyida BMT Xavfsizlik Kengashida Falastinning a’zoligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasi faqatgina AQSH qarshiligi bilan rad etilgan.

Trampning pozitsiyasi — jiddiy o‘zgarishmi yoki siyosiy manevr?

Agar Tramp rasman Falastinni tan olishni e’lon qilsa, bu Isroil ma’muriyati uchun katta siyosiy zarba bo‘lishi mumkin. Ayrim tahlilchilar buni “shok effekt” sifatida baholamoqda. Ayni paytda Vashington-Tel-Aviv munosabatlari ham ancha sovuqlashganini kuzatish mumkin.

Masalan, aprel oyi boshida bo‘lib o‘tgan Binyamin Netanyahu – Donald Tramp uchrashuvi AQSH matbuoti tomonidan diplomatik muvaffaqiyatsizlik sifatida baholangan edi. Netanyahu Trampga Eron, Turkiya kabi muhim masalalarda ta’sir o‘tkaza olmagan.

HAMAS, G‘azo va “ko‘chmas mulk” masalasi

Ayni paytda Oq uy administratsiyasi Isroil hukumatidan HAMAS bilan kelishuvga kelishni talab qilib, bosim o‘tkazayotgani ham ma’lum qilingan. “The Times of Israel” nashriga ko‘ra, Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Isroilni “AQSH talablarini qabul qilmasangiz, yolg‘iz qolasiz” deb ogohlantirgan.

Shu bilan birga, Tramp avvalroq G‘azo sektori aholisini qo‘shni mamlakatlarga ko‘chirish, mintaqani “ko‘chmas mulk” sifatida qayta taqsimlash haqidagi bayonotlari bilan ham tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

Bu esa tahlilchilarni Tramp Falastinni chindan ham tan oladimi? degan shubhalarga olib kelmoqda.

AQSHning Falastin masalasidagi yangi pozitsiyasi haqiqatdan ham amaliy qadamga aylanadimi yoki siyosiy matbuot manevri bo‘lib qoladimi — yaqin kunlarda aniqlashadi. Biroq bir narsa ravshan: Trampning ehtimoliy bayonoti Yaqin Sharq geosiyosatida katta o‘zgarishlar to‘lqinini boshlab berishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Adrianoning onasi sun’iy intellekt firibgarlariga aldandi
Adrianoning onasi sun’iy intellekt firibgarlariga aldandi
Braziliya milliy terma jamoasi va “Inter” klubi sobiq yulduzi Adriano bilan bog‘liq kutilmagan va xavotirli voqea ro‘y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu safar maydondagi raqib emas, balki
Dunyo Kecha, 00:37
AQSh va Yevropa Ukraina xavfsizligi bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQSh va Yevropa Ukraina xavfsizligi bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Senatdagi tinglovda Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Kecha, 00:23
Tramp Eronni tezkor muzokaralarga chaqirdi
Tramp Eronni tezkor muzokaralarga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarga tezroq qo‘shilishga chaqirib, vaqt cheklanganini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bayonot Fors ko‘rfazi
Dunyo 22:52, 28-01-2026
Alisher Usmonov Germaniyada sudda yana g‘alaba qozondi
Alisher Usmonov Germaniyada sudda yana g‘alaba qozondi
Milliarder Alisher Usmonov Germaniyada yana bir muhim sud g‘alabasiga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Gamburg yer sudi tadbirkorning da’vosini qanoatlantirib, Frankfurter Allgemeine Zeitung
Dunyo 22:22, 28-01-2026
Vera Brejneva ijodini yangiladi va “Vira”ga aylandi
Vera Brejneva ijodini yangiladi va “Vira”ga aylandi
Ukrainalik mashhur xonanda Vera Brejneva o‘z ijodiy faoliyatida yangi bosqichni boshladi va endilikda “Vira” taxallusi bilan chiqish qilayotganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “VIA
Dunyo 21:43, 28-01-2026
Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonim 20 oyga hukm qilindi
Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonim 20 oyga hukm qilindi
Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonim Kim Gon Xi korrupsiya ishi bo‘yicha 20 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, himoya
Dunyo 20:50, 28-01-2026