Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Mehnat bozorida yangi tizim joriy etiladi

O‘zbekiston
40
Mehnat bozorida yangi tizim joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash hamda kasbiy ta’lim tizimida yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida banklar mahallalarga bog‘lanib, 3 milliondan ortiq odamni daromadli mehnatga jalb qilishga erishildi. 1 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.

Taqdimotda mehnat munosabatlaridagi ayrim qoidalar kichik korxonalar uchun murakkablik tug‘dirayotgani, ishga qabul qilishda axborot texnologiyalaridan to‘liq foydalanilmasayotgani qayd etildi. Shuningdek, amaldagi talablar ish beruvchilarni haqiqiy vakansiyalarni ochiq e’lon qilishga undamaydi.

Natijada, ushbu ma’lumotlar yashirilib, mehnat bozorini to‘g‘ri tahlil qilish va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini belgilash qiyinlashmoqda. Yangi reja asosida mehnat organlari ish beruvchilarga jazo qo‘llovchi emas, balki hamkor sifatida faoliyat yuritadi.

Ish beruvchilar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot bermaslik yoki jo‘natilgan nomzodlarni ishga olmaslik uchun jazo choralarini bekor qilish taklif qilinmoqda. Bu orqali bandlik organlari ish beruvchilardan to‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotlarni oladi hamda ish izlayotganlarni yo‘naltiradi.

Ish beruvchi esa nomzodni qabul qilish yoki qilmaslikni o‘zi hal qiladi. Tizimni joriy etish uchun maxsus elektron platforma yaratiladi.

Dastlab Toshkent shahrida sinov tariqasida ish boshlanib, keyinchalik butun mamlakat bo‘yicha kengaytiriladi. Shu bilan birga, mutaxassis topish qiyin bo‘lgan vakansiyalar asosiy kasbiy ta’lim yo‘nalishlariga aylantiriladi va tayyorgarlik jarayonlari maqsadli tashkil etiladi.

Kasbiy ta’lim sifatini oshirish uchun xususiy sektor vakillarini Kasbiy ko‘nikmalar markazlari faoliyatiga jalb etish, ayrim markazlarni esa aniq sohalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskanlariga aylantirish rejalashtirilgan. Mutasaddilarga kasbiy ta’limni uch bosqichli tizimga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Jumladan, internet orqali bepul videodarslar joriy etiladi, ishlovchi fuqarolarga qayta tayyorgarlik yoki malaka oshirish uchun “kasb vaucheri” orqali imkoniyatlar taqdim etiladi. Davlat rahbari malakali kadrlar tayyorlash ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirishda muhim omil ekanini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026