Bugun
Garri Keyn "Bavariya"da qoladi: shartnoma uzaytirilgan
+13°
ясно ветер 2.3 м/с, СВ

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Oʻzbekiston
119
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Oʻzgidromet 24-26 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha ma'lumotni taqdim etdi. Unga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-25 fevralda ba'zi joylarda qor yogʻadi, 26 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25 fevralda -3...-8, 26 fevralda -4...-9, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qor) boʻladi, 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10; 25 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5, 26 fevralda kechasi -2...-7, kunduzi -2...+3; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 24-25 fevralda -3...-8, 26 fevralda -4...-9, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. 25 fevralda yomgʻir yogʻadi kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba'zi joylarda qor yogʻadi. 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba'zi joylarda 23-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +5...+10, kunduzi +12...+17, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13, 26 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, 25 fevralda yomgʻir yogʻadi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba'zi joylarda qor yogʻadi, 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin . Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba'zi joylarda 23-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13, 26 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24-25 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 26 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26 fevralda 23-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15, 26 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12, 25 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8, 26 fevralda kechasi va kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 18 fevral
Bugungi reyslar jadvali — 18 fevral
Bugungi 18 fevral kuni reyslar jadvalida jami 35 jo‘nash va 37 kelish reysi mavjud. Eng erta jo‘nash soati 06:40da, eng kech esa 23:05da belgilangan, deb xabar berdi uzairways.com. Keluvchilar
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
18-fevralda O‘zbekistonda havo iliq, lekin shamolli bo‘ladi.
18-fevralda O‘zbekistonda havo iliq, lekin shamolli bo‘ladi.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) ma’lumotiga ko‘ra, 18-fevral kuni mamlakat bo‘ylab ob-havo iliqlashadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim hududlarda kunduzgi harorat 25
Oʻzbekiston Kecha, 22:41
O‘zbekistonda tarovih namozlari vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekistonda tarovih namozlari vaqtlari e’lon qilindi
18-fevral kuni xufton namozidan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab masjidlarda tarovih namozi ado etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot
Oʻzbekiston Kecha, 21:47
Saudiya Arabistoni Ramazon boshlanishi uchun hilolni kuzatadi
Saudiya Arabistoni Ramazon boshlanishi uchun hilolni kuzatadi
Saudiya Arabistoni Oliy sudi 2026 yil 17 fevral, seshanba kuni kechqurun Ramazon oyining boshlanishini aniqlash maqsadida hilolni kuzatishga chaqirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu sana 1447
Oʻzbekiston Kecha, 21:40
Restoranlar mijozlarni majburiy "set" sotib olishga undamasin
Restoranlar mijozlarni majburiy "set" sotib olishga undamasin
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Ramazon oyida umumiy ovqatlanish joylariga muhim ogohlantirish bilan murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 18:51
O‘zbekistonda elektromobillar uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi
O‘zbekistonda elektromobillar uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi
O‘zbekistonda elektromobillar infratuzilmasini rivojlantirish va ekologik toza transport vositalarini rag‘batlantirish maqsadida yangi chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026
Oʻzbekiston Kecha, 18:19