Bugun
Arbeloa: "Real" uchun asosiy maqsad — g‘alaba!
+13°
пасмурно ветер 0.7 м/с, ЮЗ

Oʻzbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga etkazmoqchi

Oʻzbekiston
113

Oʻzbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga etkazmoqchi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning barcha yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbarlari keyingi yillarda koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Faol siyosiy muloqotlar, samarali parlamentlararo va idoralararo almashinuvlar davom etmoqda.

2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, qoʻshma korxonalar soni 130 taga etdi. Karachi va Toshkentda savdo uylari ochildi. Toshkent va Lahor oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar tiklandi.

Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, biznes forumlari va Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Qabul qilingan «yoʻl xaritasi» asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga etkazish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan choralar koʻrish muhimligi ta'kidlandi.

Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish, fitosanitariya va karantin talablarini, bojxona tartib-taomillarini oʻzaro soddalashtirish, standartlarni yaqinlashtirish, elektron savdo platformalarini integratsiya qilish, xaridlarda ishtirok etish imkoniyatini ta'minlash, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Etakchi kompaniyalarning farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, geologiya va mineral resurslar, toʻqimachilik, charm sanoati va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari koʻrib chiqildi.

Hududlar oʻrtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni ragʻbatlantirish maqsadida davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda ikki mamlakat hududlari forumini oʻtkazishni taklif etdi.

Keyingi bir necha yilda «Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston» multimodal yoʻlagi orqali yuk tashish hajmi 5 barobar koʻpaygani qayd etildi. Yuk aylanmasi hajmini yanada oshirish maqsadida qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.

Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalda ilgari surish maqsadida birgalikdagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim ekani ta'kidlandi.

Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini 2025 yil iyul oyida Lahor shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.

Tomonlar madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Shu ma'noda, oʻzaro Madaniyat haftaliklari va turizm dasturlari taqdimotlarini oʻtkazishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qoʻshilmaslik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, ShHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri terrorizm, radikalizm, islomofobiya va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishda sa'y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta'kidladilar.

Keng koʻlamli hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini ta'sis etish va uning birinchi yigʻilishini kelgusi yilda oʻtkazishga kelishib olindi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha qoʻshma «yoʻl xaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladilar.

Ikki mamlakat etakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:

- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari toʻgʻrisida bitim;
- Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Professional ta'lim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.

O‘xshash yangiliklar

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
O‘zgidromet tomonidan navbatdagi ogohlantirish berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, joriy yilning 17–18 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishlari
Oʻzbekiston Bugun, 00:26
Bugungi reyslar jadvali — 17 fevral
Bugungi reyslar jadvali — 17 fevral
Bugungi kunda reyslar jadvali bo‘yicha 38 ta jo‘natish va 32 ta kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta parvoz soat 02:40 da boshlanib, kechki 23:45 da yakunlanadi.
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
Ramazon oyida ehtiyojmandlarga 1 trillion so‘m yordam ajratiladi
Ramazon oyida ehtiyojmandlarga 1 trillion so‘m yordam ajratiladi
16-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari keksalar, yolg‘iz yashovchilar va ehtiyojmand insonlarga yordam ko‘rsatish, og‘ir sharoitda qolgan oilalarga amaliy ko‘mak berish jamiyatning
Oʻzbekiston Kecha, 23:38
2026 yilgi Ramazon taqvimi va bot ishga tushdi
2026 yilgi Ramazon taqvimi va bot ishga tushdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yilgi Ramazon oyi uchun rasmiy taqvimni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu taqvimda saharlik va iftorlik vaqtlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, ular
Oʻzbekiston Kecha, 23:33
Ramazonda ehtiyojmandlarga 1 trillion so‘m ajratiladi
Ramazonda ehtiyojmandlarga 1 trillion so‘m ajratiladi
Ramazon oyida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul
Oʻzbekiston Kecha, 22:46
Andijon hokimi kaltaklangani haqidagi xabarlar yolg‘on
Andijon hokimi kaltaklangani haqidagi xabarlar yolg‘on
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov va uning yordamchisi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu masala
Oʻzbekiston Kecha, 22:38