Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tish bekor qilinadi

O‘zbekiston
118
Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tish bekor qilinadi
2025 yil 12 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga oid alohida ro‘yxatdan o‘tish tartibi bekor qilinadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha yagona, xabardor qilishga asoslangan ro‘yxatga olish tizimi joriy etiladi. Prezident tomonidan 2025 yil 10 iyulda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunga asosan propiska tizimi tubdan o‘zgartirilmoqda.

Ushbu qonun 2025 yil 12 oktyabrdan kuchga kiradi. Shu tariqa, Toshkent shahri va viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan fuqarolar toifalarini belgilovchi qonun amalda bekor qilinadi.

Ilgari poytaxt va viloyatda doimiy yashashga ruxsat etilgan 12 toifa fuqarolar mavjud edi. Yangi qonunga ko‘ra, yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibi “ruxsat etish”dan “xabardor qilish”ga o‘zgartiriladi.

Bu fuqarolarning mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish huquqini kengaytiradi va byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi. Fuqarolar ko‘chib borgan yangi manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi majburiydir.

Bu boradagi javobgarlik fuqaroga hamda yashash uchun joy ajratgan mulkdorga yuklatiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati quyidagicha belgilangan.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yangi yashash yoki turgan joyga kelgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari esa O‘zbekistonga kirgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

O‘zbekistonda doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa mamlakatga kirgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinadi, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha belgilangan bo‘lmasa. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi.

Bolalarni ro‘yxatga olishda ota-onaning yoki ulardan birining yashash manzili asos qilib olinadi va turar joy egasining roziligi talab qilinmaydi. Ijara asosida yashovchilar esa soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tganda mulkdorning roziligini olish shart emas.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmaganlik fuqaroning turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun berilgan arizalar bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Agar shaxs turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan muddat tugagach, yashashda davom etsa, u 10 ish kuni ichida qayta ro‘yxatdan o‘tishi zarur. Ro‘yxatdan o‘tkazishda turar joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasi hisobga olinadi.

Bu bir joyda ortiqcha sonli shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazilishining oldini olishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 25-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026