Bugun
Umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi
+12°
пасмурно ветер 1.1 м/с, СЗ

«Nasaf» yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

Sport
117
«Nasaf» yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi
Kecha Qarshi shahridagi Yoshlar markazida «Nasaf» futbolchilari va murabbiylari, muxlislar hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida jamoaning o‘tgan mavsumdagi yutuqlari esga olindi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov «Nasaf» klubining viloyat aholisi uchun naqadar muhim ekanini ta’kidlab, ularning har bir g‘alabasi muxlislarga yuqori kayfiyat ulashishini qayd etdi. Shuningdek, jamoaning yangi mavsumda ham sovrinlarni qo‘lga kiritishi va o‘tgan mavsum Superliga chempioni sifatida chempionlikni saqlab qolishi zarurligini ta’kidladi.

So‘zga chiqqan jamoa prezidenti, «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» bosh direktori barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, muxlislarning jamoa uchun katta kuch ekanini alohida e’tirof etdi. Aynan ularning qo‘llab-quvvatlashi va jamoaning jipsligi tufayli «Nasaf» o‘tgan mavsum orziqib kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritgani ta’kidlandi. U yangi mavsumda ham asosiy maqsad chempionlikni qo‘lga kiritish ekanini bildirdi.

Jamoa afsonasi va tajribali murabbiyimiz Ro‘ziqul Berdiyev jamoaning katta yutuqlarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berayotgan viloyat hokimligi hamda bosh homiy «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. U bildirilgan ishonchni oqlash uchun jamoa tinimsiz harakat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan Abduvohid Ne’matov hamda Superliganing so‘nggi yillardagi eng yaxshi to‘purarlaridan biri, «Nasaf» safida debyut qilgan Dragan Cheran ham muxlislar ishonchini oqlashga va’da berishdi.

Tadbir yakunida jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilarga o‘z raqamlariga ega futbolkalar tantanali ravishda topshirildi:

Rubin Hebay – 99
Oleksandr Vorobey – 1
Dragan Cheran – 10
Suhrob Nurulloyev – 17
Umarbek Eshmurodov – 92
Husayn Norchayev – 18


Manba: @fcnasaf

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23