Matias Sule uchun eng yorqin taassurot: Eldor Shomurodovning “Atletik” darvozasiga oxirgi soniyada urgan goli

Sport
160

Matias Sule uchun eng yorqin taassurot: Eldor Shomurodovning “Atletik” darvozasiga oxirgi soniyada urgan goli
“Roma”ning argentinalik futbolchisi Matias Sule idealista.it portali jurnalisti Flavio Di Stefanoga bergan intervyusida Rimdagi hayoti va muhim voqealar haqida ma’lumot berdi. Suhbat chog‘ida Sule jamoadosh Eldor Shomurodovning Yevropa ligasi doirasida urgan goli unda unutilmas taassurot qoldirganini alohida tilga oldi.

- O‘tgan yoz Rimga kelganingizda sizni xursandchilik bilan kutib olishdi. Bunaqasini kutganmidingiz?
- Bu darajada bo‘lishini kutmagan edim, shu bois, hayratga tushdim. Men haqiqatan ham aynan mana shu klubga kelishni orzu qilardim.

- Siz futbol o‘zgacha ishtiyoq bilan qadrlanadigan Argentinadan kelgansiz. “Roma” fanatlari va yurtingizdagi muxlislarda o‘xshashlik bormi?
- Farq katta emas. Ular futbolni jo‘shqin ishtiyoq bilan kuzatib borishda o‘zaro o‘xshash. “River Pleyt” va “Boka Xuniors” ishqibozlarida o‘ziga xoslik bor va bu ayrim jihatlardan “Roma” muxlislarini eslatib yuboradi.

- “Roma” o‘yinchisi bo‘lganingizdan beri eng yorqin taassurot nima bo‘ldi?
- Eldor Shomurodovning “Atletik Bilbao” darvozasiga oxirgi soniyada urgan goli. Bayroqlar, ajoyib ko‘rinish, muxlislar bilan to‘lgan uchrashuvda bu goldan keyin g‘alaba qozonish unutilmas onlarni taqdim etdi va juda yoqdi. Faoliyatim davomida bunaqasini hali ko‘rmagan edim. Biz o‘ynaydigan “Olimpiko” doimo muxlislarga to‘la.

- Leandro Paredes va Paulo Dibala bilan munosabatlaringizga ta’rif bera olasizmi?
- Har ikkisi bilan aloqam ajoyib darajada. Bir birimizni “Roma”ga kelishimdan avval ham bilardik. Trigoriyada birga ko‘p vaqt o‘tkazyapmiz. Hatto, maydondan tashqarida ham ko‘pincha birgamiz.

- Jamoa a’zolari orasida birortasi bilan yashash kerak bo‘lsa, kimni tanlardingiz?
- O‘zaro munosabatlarimiz a’lo darajada ekanini inobatga olib, Paulo Dibalani tanlardim. Paredes bilan yashash ham yaxshi variant.

- Rimda sizga ko‘proq nima yoqadi? Yoqtirgan joyingiz bormi?
- Rim ajoyib shahar. “Frozinone”da o‘ynagan davrimda bu yerga kelgandim. O‘zim uchun juda ko‘p narsa kashf qildim. Ko‘proq shahar restoranlarida ovqatlanish uchun chiqaman. Agar ota-onam va qarindoshlarim meni ko‘rgani kelishsa, asosan shahar markazi va tarixiy joylarga sayohat qilamiz.

- Orzudagi uy qanday bo‘lishi kerak?
- Men uchun kenglik muhim, bog‘, go‘sht pishirish uchun joy va albatta, futbol darvozasi bo‘lishi shart. Do‘stlarim ziyoratga kelib tursa bo‘ldi.

- Ko‘pincha, uydagi mashg‘ulotlar suratini e’lon qilasiz. Sport zaldan tashqari sovrinlar va esdalik sovg‘alari uchun ajratilgan joy bormi?
- Hozircha, bunaqa maxsus joy yo‘q. Lekin kelajakda futbol uchun alohida xona ajrataman. U yerda mashhur futbolchilarning liboslari bo‘ladi. Hozirning o‘zida Messining PSJdagi formasi, Anxel Di Mariya futbolkasi, Lautaro Martinesning futbolkasi bor. Men uni “Inter” bilan o‘yinda almashtirib oldim. Hali juda ko‘p futbolka yig‘aman.

Eslatib o‘tamiz, Matias Sule “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada bir muddat ijara asosida "Frozinone" sharafini ham himoya qilgan. O‘tgan yoz “Roma” uni 25,6 million yevroga transfer qildi.

Argentinalik futbolchi “Roma” futbolchilari orasida maydonda ayniqsa, o‘zbek legioneri Eldor Shomurodov bilan bir birini juda yaxshi tushunib harakat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
O'zbekiston milliy futbolini yanada rivojlantirish va uning barqaror moliyaviy asoslarini mustahkamlash bo'yicha muhim qaror qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mavjud rejadagi
Sport Bugun, 01:10
Arbeloa futbolchilarni kruassanlar bilan rag'batlantirib kelmoqda
Arbeloa futbolchilarni kruassanlar bilan rag'batlantirib kelmoqda
Real Madrid futbol klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z jamoasi bilan muhim g'alabalarni qayd etgandan so'ng futbolchilarni rag'batlantirish uchun ancha qiziq va insoniy
Sport Bugun, 00:35
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
Bugun yigirma beshinchi mart kuni Filippin poytaxti Manilada velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu katta
Sport Kecha, 21:44
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya professional futbol ligasi bosh direktori Luiji De Siyervo o'zining so'nggi nutqida mamlakat futbol infratuzilmasidagi muhim va hal qiluvchi muammolar haqida ochiq gapirdi. Bu
Sport Kecha, 21:37
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Dunyoning mashhur yengil vazn toifasi vakili Maks Hollouey o'zining raqibi bo'lgan irlandiyalik superyulduz Konor Makgregor bilan qayta jang qilishga tayyor ekanini e'lon qildi. Bu
Sport Kecha, 20:41
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Liverpul klubi tarixida o'z izini qoldirgan sobiq himoyachi Jeymi Karrager jamoaning yulduz futbolchisi Muhammad Salohning mavsum oxirida klubni tarash qarorini chuqur tahlil qildi. Bu haqda
Sport Kecha, 19:48