Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Mars sharoitida suv o‘tlari muvaffaqiyatli o‘stirildi

Dunyo
28
Mars sharoitida suv o‘tlari muvaffaqiyatli o‘stirildi
Garvard universiteti olimlari Marsga o‘xshash sharoitlarda suv o‘tlarini muvaffaqiyatli parvarish qilishga erishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadqiqotda iqlimshunos va planetolog Robin Vordsvort boshchilik qildi. Mutaxassislar laboratoriyada polilaktik kislota asosida, qayta tiklanadigan va to‘liq biologik parchalanadigan bioplastikdan maxsus kamera yaratdilar.

Bu kamera 3D-printer yordamida bosilib, ichki muhit Mars atmosferasiga mos keladigan tarzda tashkil etildi. Kamera ichida past bosim — Yer bosimining bir foizidan kam va yuqori karbonat angidrid darajasi mavjud bo‘ldi.

Eksperiment uchun Dunaliella tertiolecta turiga mansub suv o‘tlaridan foydalanildi. Qiyin va ekstremal sharoitlarga qaramay, suv o‘tlar nafaqat omon qoldi, balki samarali fotosintez jarayonini ham amalga oshirdi.

Bu tajriba bioplastik materiallarning kelajakda boshqa sayyoralarda ekologik toza va tirik inshootlar yaratishda muhim rol o‘ynashi mumkinligini ko‘rsatdi. Eng muhim jihati shundaki, bunday bioplastik konstruktsiyalarni joyida tayyorlash va o‘rnatish mumkin, ya’ni Yerda ishlab, uzoq masofaga tashish zarurati yo‘q.

Shuningdek, mutaxassislar izlanishlar hali davom etayotganini ta’kidlamoqda. Yerda bo‘lmagan barqaror va uzoq muddatli ekotizimlar yaratish uchun ko‘p yillar va keng qamrovli tadqiqotlar talab etiladi.

Biroq dastlabki ilmiy yutuqlar sayyoramizdan tashqarida hayot imkoniyatlarini o‘rganishda muhim qadam bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12