Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Indoneziyada chaqaloqlar savdosi fosh qilindi

Dunyo
20
Indoneziyada chaqaloqlar savdosi fosh qilindi
Indoneziyada chaqaloqlar savdosi fosh etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Politsiya xalqaro jinoyatchilik guruhining faoliyatini aniqlab, kamida 25 nafar chaqaloqni Singapurdagi xaridorlarga sotish holatini ochib berdi. Jinoyatchilar bolalarni onaning qornida bo‘lgan paytdan boshlab «zaxira» qilib qo‘yib, maxsus tarmoq orqali savdoga chiqarishgan.

Politsiya yaqinda Pontianak va Tangerang shaharlarida yana olti chaqaloqni sotish arafasida 13 kishi ushlanganini ma’lum qildi. Chaqaloqlar maxsus xonadonlarda saqlangan, ularga Singapurga olib chiqish uchun immigratsiya hujjatlari rasmiylashtirilgan.

G‘arbiy Yava politsiyasining jinoyat tergov bo‘limi boshlig‘i Suravanning aytishicha, bolalarga barcha zarur hujjatlar tayyorlangan va ular maxsus tartibda Singapurga yuborilgan. Tergovda aniqlanishicha, jinoyatchilar ota-onalarning moliyaviy qiyinchiliklaridan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali, xususan Facebook va WhatsAppda aloqaga chiqqan.

Ba’zi hollarda chaqaloqlar tug‘ilishidan oldin «rezervatsiya» qilinib, onalarning tug‘ruq xarajatlari qoplanib, keyinchalik chaqaloqlar ma’lum miqdordagi pul evaziga sotib olingan. Bolalarni sotish sxemasida izlovchilar, vasiylar, xonadon egalari va hujjatlarni soxtalashtiruvchi shaxslar ishtirok etgani aniqlangan.

Chaqaloqlar onadan ajratilgach, ular bir necha oy davomida vasiylarga topshirilgan, so‘ng Jakarta va Pontianak shaharlarida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport va boshqa hujjatlar tayyorlangan. Savdo narxlari ham rasmiy ravishda qayd etilgan.

Har bir chaqaloq 11-16 million Indoneziya rupiyasiga, ya’ni taxminan 670-980 dollar orasida sotilgan. Jinoyatchilar so‘roq paytida Indoneziyada va undan tashqarida kamida 25 nafar chaqaloqni sotganini tan olgan.

Politsiya ota-onalarning moliyaviy qiyinchiliklari tufayli farzandlarini sotishga rozi bo‘lganini taxmin qilmoqda. Agar kelishuv isbotlansa, barcha ishtirokchilarga odam savdosi va bolalarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha jiddiy ayblovlar qo‘yiladi.

Hozirda Indoneziya politsiyasi Interpol va Singapur politsiyasidan sindikatning chet eldagi a’zolari va xaridorlarini aniqlashda yordam so‘ramoqda. Mutaxassislar fikricha, bu holat jamiyatda inson savdosi va bolalar huquqlari buzilishi muammolariga jamoatchilik e’tiborini yanada oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026